"TA’lim texnologiyalari" fanidan o’quv uslubiy majmua



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə60/98
tarix17.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#88496
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98
pedtexnologiya

4-savolning bayoni:
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo’llari o’qituvchi rahbarligidagi mashg’ulotlar, pedagogik texnikani o’rganish va mustaqil mashq qilish kasbiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalashdir. Pedagogik texnika malakalarining individual-shaxsiy tarzda ekanligini hisobga olib, uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o’zida mohir o’qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi rol o’ynaydi. Kasb sirlarini yuksak darajada egallash harakatida ham pedagogik texnika muhim o’rin tutmog’i lozim.
Psixologlarning fikricha pedagogik texnikani guruhga bo’lib o’rgatish qulaylik yaratadi. Ularning tajriba ishida bunday guruhlarning eng qulay miqdori 10-14 kishidan iborat bo’lishi kerakligi ko’rsatiladi. Qatnashchilarning xuddi shunday miqdori ulardan har biriga kishilar bilan birga ishlashning individual psixologik muammolarini juda to’liq ravishda aniqlab, hal etish, ko’nikma va moslashish darajasini jiddiy oshirish, pedagogik fahm-farosatni rivojlantirish, boshqalarga ta’sir etish vositalarini kengaytirish imkonini beradi.
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo’lajak pedagoglar kasbiy jihatdan birga ishlash malakalarini egallashga faol intilishlari, o’z-o’zini bilish va kasbiy jihatdan tarbiyalash bo’yicha muntazam ish olib borishiga psixologik jihatdan tayyor bo’lishlari kerak.
Barcha hollarda ham individual, ham guruhiy mashg’ulotlar boshlanishidan oldin pedagogik texnikani egallashning alohida dasturi tuzilib chiqilishi lozim. Bunday dasturni tuzish uchun avvalo pedagogik texnikani aniqlab olish zarur. Biroq tajribaning ko’rsatishicha, odatda, mazkur bosqichda gap faqat malakalar haqidagina emas, shu bilan birga dastlab avtomatlashtirilgan ta’limni boshlash vaqtiga kelib kunikamalar haqida ham borishi mumkin ekan. Bular masalan, nafas olish va ovozning tabiiy yo’lga quyilishi, to’g’ri talaffuz, bundan oldingi tarbiyaning natijasi bo’lgan savodli, ifodali nutq mimik va pantomimik aniqlik va boshqalar bo’lishi mumkin.
Oliy o’quv yurtidagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani egallash o’qituvchiga o’zining kasb yo’nalishining boshlanishidayoq ko’pgina xatolardan holi bo’lishda, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erishishda yordam beradi.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin