ECTS tamoyillari - shaxsning to‘la rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyligini ko‘zda tutadi.
12.4. ECTS ning xususiyatlari Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, oliy ta’lim muassasasining jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari - ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O‘quv jaryonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
O‘quv rejasi bo‘yicha: Barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi - majburiy va talaba tanlovi asosidagi fanlar.
Bu nisbatan taxminan 1:2 teng qabul qilinadi;
Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘ladi;
Asosiy hujjat transkript (transcript of ruords) u ECTS ning unifikatsiyalashgan hujjat bo‘lib, yagona shaklda tuziladi, o‘qitish natijalarini tan olish uchun majburiy hujjat hisoblanadi. Transkriptda, talabaning mazkur davlatda qabul qilinga baholash tizimida ham, ECTS tizimi bo‘yicha ham olgan baholari, olingan ECTS kreditlari bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi.
Har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni 3…5 ta bo‘lishi;
Kredit o‘zida talabaning o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat sarflarini mujassamlashtirdi. O‘quv fani uchun ajratilgan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3 ga teng bo‘ladi.
O‘quv fani dasturining mazmuni (silabus) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘quv fanning to‘liq nomlanishi va uning o‘kuv rejasidagi tartib raqami;