1-amaliy mashg’ulot: Pedagogik texnologiya tushunchasi va tamoyillari.
Mashg’ulot rejasi: 1. Pedagogik texnologiyaning mohiyati.
2. Pedagogik texnologiya tamoyillari.
3. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi.
Talabalarning bilimini baholash mezonlari: 1) mavzuga doir topshiriqlarni konspektlashtirish – 0.6 ball;
2) mavzuga doir topshiriqlarni bajarish – 0.7 ball.
3) Mavzuga doir test topshiriqlarni bajarish – 0.6 ball
Jami: 1,9 ball.
Dars maqsadi: pedagogik texnologiyalar fanining rivojlanish tarixi, pedagogik texnologiya, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi kabi tushunchalar haqida tasavvurni hosil qilish, pedagogik texnologiya tamoyillari mazmun-mohiyatini yoritib berish, texnologiyaning umumiy tuzilmasini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari: Pedagogik texnologiya, ta’lim texnologiyasi haqida bilimlarga ega bo’ladi.