Ta’lim tizimini moliyalashtirishni isloh qilish masalalari
Xotamjon Abdukarimovich Qobulov
hqobulov@rambler.ru
Maftuna Bahodirovna Kimsanboyeva
maftuna2019@yandex.ru
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekistonda ta’lim tizimini moliyalashtirishdagi
islohotlar hamda ulardan kutilayotgan moliyaviy natijalar tahlil qilingan. Yetuk xorijiy
va mahalliy iqtisodchi olimlarning taʻlim tizimini moliyalashtirishpf
oid qarashlari,
fikrlari solishtirma tahlil qilingan. Mamlakatimizda izchillik bilan amalga
oshirilayotgan taʻlim sohasidagi islohotlarning moliyaviy jihatlari tadqiq qilingan va
xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, ta’lim xizmatlari, taʻlim sohasidagi islohotlar,
byudjet, ta’limni moliyalashtirish
Issues of reforming the financing of the education system
Khotamjon Abdukarimovich Kobulov
hqobulov@rambler.ru
Maftuna Bahodirovna Kimsanboyeva
maftuna2019@yandex.ru
Tashkent Financial Institute
Abstract: The article analyzes the reforms in the financing of the education
system in Uzbekistan and the expected financial results. The views of leading foreign
and domestic economists on the financing of the education system are compared. The
financial aspects of the ongoing reforms in the field of education in our country have
been studied and conclusions have been drawn.
Keywords: education system,
education services, education reform, budget,
education financing
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlar barcha yoshlarning ta’lim xizmatlaridan bir xilda foydalanishi, o‘qituvchilar
malakasi va ta’limning yuqori sifatini ta’minlashga qaratigan. Ta’lim sifati va
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
698
samaradorligini oshirish bilan bir qatorda tizimni rejalashtirish va moliyaviy
ta’minlash masalalari islohotlar markazida turadi.
Ta'lim har bir jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatni rivojlantirishning
yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ijtimoiy tajribaning bog‘lovchi bo‘g‘ini
sifatida u
madaniy an'analar butunligi va vorisiyligini hamda jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidaganidek
“Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda
Uchinchi Renessans poydevrini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz,
buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va
Boburlarni tarbiyalab beradigan muhim sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning
uchun, avvalambor, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror
toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy
ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga
erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak
berish
barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlamiz
xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga
aylanadi” [1].
Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrd
uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun
ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib
voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n yuz barobar ko‘p
foyda
keltiradi.
Shuni aytishimiz kerakki davlat byudjetdan ta’lim tizimini moliyalashtirishni
samarali tashkil etish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi.