Ta’lim tizimini moliyalashtirishni isloh qilish masalalari



Yüklə 338,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü338,65 Kb.
#111870
1   2   3   4
ta-lim-tizimini-moliyalashtirishni-isloh-qilish-masalalari

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
Ta’lim tizimini, jumladan xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish mexanizmi va 
ta’limni moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqish borasida xorijlik 
va mamlakatimiz iqtisodchi olimlari izlanishlar olib borgan va o‘z qarashlarini 
namoyon etganlar. 
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori G.S.Bekker o‘z nazariyasida 
intellektual kapitalga ham davlat, ham xususiy sarmoyalarni amalga oshirish iqtisodiy 
zarurat ekanligini asoslab bergan. Uning fikricha, fuqarolarning ta’limiga, tibbiyotga 
va kadrlarni to‘ldirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturga sarmoyalar kiritish-bu yangi 
texnologiyalarni yaratishga sarmoya kiritish bo‘lib, faqat kelajakda katta foyda 
keltirishi mumkin [2]. 
Ta’limni rivojlantirishda uni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash, ya’ni 
moliyalashtirish muhim ahamiyatga ega.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
699


O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.O‘lmasov hamda A.Vahobovlar 
moliyalashtirish iqtisodiyot subyekti faoliyatining pul bilan ta’minlanishi bo‘lib, ular 
bir nechta usullar orqali amalga oshirilishini, jumladan, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, 
byudjetdan moliyalashtirish va homiylar tomonidan moliyalashtirishni e’tirof etgan 
[3]. 
T.Malikov va N.Haydarovlarning fikricha, “Moliyalashtirish deyilganda rejada 
ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjet va byudjetdan 
tashqari mablag‘larni taqdim etish tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishning 
o‘ziga xos shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsiplarga 
tayanadi [4]. 
Ta’lim sohasi o‘ziga xos moliyaviy mexanizm bilan tavsiflanadi. 
S.A.Belyakov ta’limni moliyalashtirish-ta’lim xizmatlariga haq to‘lash bilan 
bog‘liq munosabat bo‘lib, ushbu xizmatdan foydalanmaydigan davlat tomonidan emas, 
balki ushbu xizmatdan foydalanmaydigan davlat tomonidan ko‘rsatilishini e’tirof 
etgan.
O‘zbekistonlik 
iqtisodchi 
olimlardan 
Z.Sirojiddinova, 
B.Sugirboyev, 
B.Nurmuhammedovalarning 
fikricha, 
“Ta’lim 
tizimini 
moliyalashtirishga 
sarflanadigan mablag‘lar davlat va nodavlat manbalarga bo‘linadi”.
Moliyalashtirishning davlat manbalari: 
➢ Davlat (respublika va mahalliy) byudjeti
➢ Davlat maqsadli fondlari [5]. 
O‘zbekistonlik 
iqtisodchi 
olim 
X.Do‘stmuhammad 
xalq 
ta’limini 
moliyalashtirishni takomillashtirish borasida olib borgan tadqiqotlari natijasida 
ta’limni barkamol insonni shakllantirishga qaratilgan investitsiya ekanligini e’tirof 
etgan. 
D.Rahmonovning 
O‘zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning 
metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borgan tadqiqotida aytilishicha, 
“Ta’lim tizimini moliyalashtirish yo‘nalishlarini kengaytirish lozimligi ta’lim bilan 
aholini qamrab olishning dozarbligi orqali ifoda etiladi. O‘zbekistonda ta’limning 
qamrab olish darajasi birmuncha kichik raqamlarda bo‘lib qolayotganligi uning 
moliyaviy dastaklari bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin”[6]. 
Tahlil va natijalar 
Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar 
zamirida Vatanimizni yanada taraqqiy ettirish, yoshlarni har jihatdan barkamol shaxs 
etib voyaga etkazish, sohalar uchun yuqori bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashdek 
maqsadlar mujassamdir. Ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish zarur. Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan 
hikmatli bir so’z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga 
yetaklaydi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
700


prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi 
lozim. Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, 
ya’ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya 
sarflashga katta etibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-20 barobar foyda 
keltiradi. Inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha 
imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. Shu-yildagi muhim amaliy qadam sifatida 
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2021-yilda 65 foizga 
oshiramiz. 
1-rasm. 2021-yilda maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 
istiqbolli rejalar [1]. 
Oxirgi-yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimiga doir bir qator islohotlar amalga 
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 
parlamentga murojatida 2021-yilda maktabgacha ta’lim tizimida kutilayotgan 
o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, 2021-yilda maktabgacha ta’lim 
qamrovi darajasini 65 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda va 2023-yilga kelib bu 
ko‘rsatkich 75 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek 2021-yilda 6 yoshli 
bolalarni maktabga maajburiy tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish va 82 foizini 
maktabga bepul tayyorlashga jalb etilishi rejalashtirilmoqda. Uzoq qishloqlarda 
maktabgacha ta’limni uyda berish modelini YUNESKO va Jahon banki bilan 
hamkorlikda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirildi. 
• 2021 yilda maktabgacha ta'lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75
foizga yetkaziladi. 600 milliard so‘m subsidiya berilib, 2 mingta xususiy
bog‘cha ochiladi; xususiy sektor ulushi 25 foizga yetadi.
• 6 yoshli bolalarni maktabga majburiy tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2021 yilda 6 yoshli bolalarning 82 foizi (560 ming nafar) maktabga bepul
tayyorlovga jalb etiladi.
• Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta'limni uyda berish modeli yo‘lga qo‘yiladi.
YuNeSKO va Jahon banki bilan hamkorlikda.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
701


 
2-rasm. 2021-yilda umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 
istiqbolli rejalar [1]. 
Yuqoridagi rasmda ko’rishimiz mumkinki 2021-yilda ta’lim tizimini 
rivojlantirish bo’yicha bir qator islohotlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 
Birinchi masala sifatida bolalarning tahliliy kreativ fikrlash qobiliyatini 
o‘stirishga mo‘ljallangan darsliklarni tayyorlash va nashr qilib taqdim etishni yo‘lga 
qo‘yish. Shuningdek boshlang‘ich sinflarda DTS o’rniga bolaga ortiqcha yuklama 
bermaydigan yangi dastur ishlab chiqishni joriy etish maqsad qilingan.
Shahar va tumanlardan olis maktablarga borib, dars beradigan o‘qituvchilar 
oyligiga 50 foiz ustama haqi to’lab berilishi kerakligi ma’lum qilindi. Agar boshqa 
viloyatdan borib ishlaydigan bo‘lsa 100 foiz ustama to‘lanishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, kimyo-biologiya, matematika va axborot texnologiyalariga 
ixtisoslashtirilgan 197 ta maktab ochilishi va 10 ta prezident maktabi ochilishi 
rejalashtirilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 2021-yilda umumta’lim tizimida juda yuqori 
islohotlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Darhaqiqat yoshlarimizni bilimli savodli 
bo‘lishi uchun va inson kapitaliga investitsiya kiritilayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Bolaning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini o‘stirishga mo‘ljallangan yangi

Yüklə 338,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin