Ta’lim to‘G‘risida qonuni o‘rq-637-son


-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish



Yüklə 330 Kb.
səhifə58/63
tarix02.01.2022
ölçüsü330 Kb.
#38150
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
1-mavzu ma'ruza

65-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish

Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.


66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki

Ta’lim tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega bo‘lishi kerak.

Davlat ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan ob’ektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarining, shu jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk ob’ektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan ta’lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.

Ta’lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.


Yüklə 330 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin