ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim
hamda
boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat
buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning
murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning
o‘zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional
ta’limni olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
va magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida
(universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta
va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz
yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan
shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan
bilim, malaka va ko‘nikmalar
beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil
bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha
o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni
olish huquqiga ega.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish
mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va
himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy
izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura
va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy
darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab
chiqarishdan ajralgan holda
tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi
bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga
da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy
ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki
fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar
uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan
keyingi
ta’lim shakli hisoblanadi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy
unvonlar berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim
tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim
olish xususiyatlari qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida
belgilanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq
bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha
kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning
chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi,
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va
muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini
tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek
tijorat
tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi
maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy
qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy
ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar
ijodiyoti
saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar
maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at
maktablari,
studiyalar,
axborot-kutubxona
hamda
sog‘lomlashtirish
muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat
boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.