Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim
oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
tomonidan belgilanadi.
Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga
olgan holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim
oluvchilarning ota-onasi
yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim
oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim
muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida
amalga oshiriladi.
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida
o‘qitishning markaziy tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda o‘qitishning
jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini
ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi, shuningdek rasmiy,
norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan
olingan akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim
tashkilotlari ishtirokidagi
institutsionallashtirilgan
(muayyan
qoidalar
va
normalarni
mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan
ta’limdir.
Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs
yoki tashkilot tomonidan institutsionallashtirilgan (muayyan
qoidalar va
normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va
rejalashtirilgan bo‘lib, shaxsni butun hayoti davomida o‘qitishdagi rasmiy
ta’limga qo‘shimcha va (yoki) uning muqobilidir.
Informal
ta’lim
aniq
maqsadga
yo‘naltirilgan,
ammo
institutsionallashtirilmagan
(muayyan
qoidalar
va
normalarni
mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy ta’limdan ko‘ra kamroq
tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgandir hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash
joyidagi va kundalik hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga
qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan
bolalar
(shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda
o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan
davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab
etadi.
Inklyuziv va eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza
qilish faoliyati sohasida
kadrlarni tayyorlash ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: