Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə38/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

3- savolning bayoni
Motivatsiyani boshqarish masalalari, kasbiy motivlarni shakllantirish
Pedagog kasbini o’zlashtirishda kasbiy bilimlarga bo’lgan ehtiyoj oshadi.
V.N.Nikitenko va B.Fidlerlarning ma’lumotiga ko’ra 25-30 yoshli
o’kituvchilarda oliy o’quv yurtida o’qiyotgan chog’ida unchalik ahamiyat
bermagan pedagogik va psixologik bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyoj
uyg’onar ekan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’kituvchilarning o’z kasbi va
ish joyidan qoniqishi ba’zilarda birinchi navbatda maktabning moddiy
bazasiga bog’lik bo’ladi, boshqalarida esa pedagogik faoliyatda yaxshi
natijalarga erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan o’zaro aloqa
o’rnatishga, to’rtinchi kishida oylik olish bilan bog’lik bo’ladi.
O’kuv faoliyati motivatsiyasining xususiyatlarini o’rganishda 2 jixatni
farqlab olish lozim:
,



39
39


Birinchi jihat - o’quv faoliyatini tanlash motivatsiyasi.
Ikkinchi jihat aynan shu faoliyatni o’rganib chiqishga qo’l o’rganining
sababini aniklash.
Pedagogik faoliyat davomida har ikkala jihat ham hisobga olinadi
V. A. Krutetskiy o’quvchilarda uchrashi mumkin bo’lgan motivlardan
quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tadi:
-biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi;
-Vatanga foyda keltirish istagi;
-shaxsiy qobiliyatini ro’kach kilib ko’rsatish;
-oilaviy an’analariga rioya qilishi;
-do’stlari va o’rtoqlaridan o’rnak olganligi;
-ish joyining va o’quv yurtining uyga yaqinligi;
-moddiy ta’minlanganlik;
- o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining
osonligi singari motivlardir.
Yukoridagi fikrlardan ko’rinadiki, o’spirinlik davrida kasbiy motivlarning
shakllanishi bir qator tashqi va ichki omillarga bog’lik. Shuningdek, kasb
tanlashga bo’lgan intilish ishtiyoqlar negizida kasbiy motiv motivatsiya
shakllanadi. Aynan xorij psixologlari kasbiy motivlar tarkibini ishlab chikishda
kasb tanlashgacha bo’lgan va kasb tanlab bo’lgandan keyingi jihatlarini
ko’rsatib o’tadilar. O’quvchilarda qiziqish o’quv fanlarining mazmuni bilan
ham, o’qitish metodlari bilan ham hosil qilinadiG’ Bolalarda bunday qiziqish
dastlab bir qancha o’quv fanlariga birdaniga yoki oldinma-keyin tug’ilishi va
so’ngra esa barchasiga baravar qiziqish paydo bo’lmog’i mumkin.
O’quvchilarda hamma bilimlarga, umuman bilimga qiziqish mana shunday
tug’iladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilardayoq kelgusida kim bo’lish masalasiga qizi-
qish ko’rina boshlaydi. Ulardagi bunday qiziqish o’z ota-onalari va katta
yoshdagi maktabdoshlarining gaplari ta’siri bilan, shuningdek, turli kasbdagi
kishilar: binokorlar, shifokor, o’qituvchilar, traktorchilar, kombaynchilar va
boshqalarning qilgan ishlarini kuzatishlari natijasida paydo bo’ladi.
Kelgusida bunday kasb-hunar egasi bo’lish masalasi dastlab bolalarning
faqat orzu-xayoli, bolalar ideali sifatida voqe bo’ladi. Boladagi kasbga bo’lgan
dastlabki qiziqishlar hali ularning o’qib-o’rganayotgan fanlari bilan bog’lanadi.
Shuning uchun ham ulardagi bunday qiziqish ularning dars o’zlashtirishlariga
ta’sir ko’rsatmaydi.
Maktab o’quvchilaridagi qiziqishlarning o’sishi uchun o’quv
mashg’ulotlari bilan bir qatorda, turli to’garaklarda: texnika, adabiyot,
san’atshunoslik singari to’garaklarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar ham katta
ahamiyatga ega.
O’quvchilarda paydo bo’la boshlagan qiziqishlar ma’lum bir to’garakni
tanlashda aniqlanadi, to’garaklardagi mashg’ulotlar vaqtida esa bu qiziqishlar
o’sib mustahkamlanadi, ancha barqaror tus olib boradi. O’quvchilar maktab
yoshida bilim va tajribalar to’plashi, umumiy aqliy saviyasining kengayishi
munosabati bilan, atrofdagi kishilar bilan ancha va murakkab aloqa bog’lay
boshlaydilar, hayotning turli sohalari va faoliyat turlari bilan tanishadilar,



40
40


xilma-xil qiziqishlarga ega bo’lgan kishilar bilan uchrashadilar va har xil
kasblar bilan tanishadilar. Bularning hammasini o’quvchilar faqat o’zlarining
bevosita kuzatishlari yo’li bilangina bilib qolmay, balki kattalarning
hikoyalaridan, o’zlarining o’qigan kitoblaridan ham bilib boradilar.
9 sinf o’quvchilaridagi qiziqishlar hali uncha barqaror bo’lmaydi. Bunday
qiziqish-havaslar ko’pincha birdaniga boshlanib ketadi va shuningdek, tez
yo’qolib ham ketadi. Boladagi bir qiziqish o’rnini boshqa bir qiziqish
egallaydi. Shuning uchun ham qiziqishlarni tarbiyalash, ya’ni bolada ijobiy
barqaror qiziqish-havaslar paydo qilish zarurdir. Masalan, fizika darsida
M.G.Davletshin tomonidan maxsus psixologik tajribalar o’tkazilib, bunda u
fizikaning texnikada qo’llanishiga o’quvchilar etiborini jalb etish yo’li bilan
maktab bolalarida texnikaga qiziqish ancha ortganligini ko’rsatadi.
Texnikaga qiziquvchi o’quvchilar soni 14% ga oshdi. Shu bilan bir qatorda
tajriba olib borilgan guruhdagi o’quvchilarning qiziqishi chuqur bo’lganligi
va bundagi motivlar ham ancha ongli bo’lganligi aniqlangan. Fizika fanini
o’qitishda bunday ishlar olib borilmagan guruh o’quvchilarida esa texnikaga
qiziqish ancha past bo’lganligi aniqlangan. O’quvchilarda fanga qiziqishni
paydo qilish va uning barqarorligini saqlab qolishda o’qituvchining fanga
bo’lgan munosabati katta rol o’ynaydi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin