Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Diqqatning fiziologik
mexanizmlari haqida ma’lumot berish. Bosh miya po’sti qismidagi «optimal
qo’zg’alish nuqtasi»ni tushuntirib berish. Yangi shartli reflekslar haqida
tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari: 1. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini ta’riflaydi.
2. Bosh miya po’sti qismidagi «optimal qo’zg’alish nuqtasi»ni tushuntiradi.
3.Yangi shartli reflekslar haqida ma’lumot beradi.
Ikkinchi savolning bayoni: Diqqatning fiziologik mexanizmlari. Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po’sti qismidagi «optimal
qo’zg’alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib ko’rsatish uchun
I.P. Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda uning
ichidagi miya ko’rinadigan bo’lsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal
qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharoit tug’ilgan nuqtasi yiltillab ko’rinadigan
bo’lsa edi, ongi sog’lom bo’lib, bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga
qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda g’alati
jimjimador shakl bo’lib, surati va hajmi har lahzada bir o’zgarib, turlanib,
jimir-jimir qilib turuvchi yorug’ narsaning u yoqdan-bu yoqqa yugurib
qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa
erlari birmuncha xira tortib turganini ko’rar edi» (Polnoe sobranie sochineniy,
1-kitob, 248-bet).
Optimal qo’zg’alish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko’ra, bosh miya
po’stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi.
«Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida, - deydi
I. P. Pavlov, - yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil bo’ladi va
differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi. Shunday qilib,
optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim shar-
larining ijodga layoqatli qismi desa bo’ladi.