Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə56/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

illuziyalar deb nom berilgan illuziyalarda, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi.
Illuziyaning yuqorida keltirilgan namunalari hamma aqli raso odam-larda
albatta bo’ladigan illuziyalardandir. Bunday illuziyalarning muayyan
qonuniyatlari bor. Masalan, yuqorida bayon qilingan Aristotel illu-ziyasining
paydo bo’lish sababi shuki, bunda bitta narsa barmoq uchla-rimizning terisi
yuzidagi shunday ikki nuqtaga tegadi, odatdagi tabiiy sharoitda esa bitta narsa
ana shu ikki nuqtaga hech qachon birdaniga tegib turmaydi. Illuziya shu onda
sezgi organlarimizga ta’sir qilib turgan bir narsani yanglish, noto’g’ri idrok
qilish bo’lsa, gollutsinatsiya yo’q narsalarni, tashqi ta’sirotsiz «idrok
qilinishidir»: o’rni tagida yo’q narsaning ko’zga bordek ko’rinishi, yo’q
ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo’q narsalarning isi dimoqqa urilishi va
boshqa shu kabilar gollutsinatsiya mahsulidir. Gollutsinatsiya shaxsning go’yo
biror narsani ko’rgandek, eshitgandek, ushlagandek, va boshqa shu kabi
tasavuridir, xolos. Gollutsinatsiya ko’pincha kasallikdan darak beruvchi
alomatdir, u nerv sistemasi bironta zaharli narsa (alkogol, kokain, nasha) bilan
ta’sirlanganda, nerv sistemasini buzadigan kasalliklar oqibatida ro’y beradi.
Butun psixik hayotimizda, faoliyatimizning hamma sohalari va xususan
o’qish-o’qitishda idrokning ahamiyati kattadir. Shuning uchun hamisha
idrokning sifatiga alohida e’tibor berish lozim bo’ladi. Psixik hayo-timizning
butun boyligi sezgi va idroklarimiz orqali hosil bo’lgan mazmundan iborat
bo’ladi. Idrok olamni bilish faoliyatimizning boshlang’ich, asosiy momentidir.
Idrok qilish yo’li bilan hosil bo’lgan ma’lumotlar xotiramizda saqlanib qoladi
va so’ngra ongimizning oliy jarayonlari tafakkur, xayol, iroda faoliyati uchun
asos bo’ladi.
Idrokning o’sishi sezgi organlari va analizatorlarning mukammal o’sishi bilan
belgilanadi. Idrokning o’sishi sezgi organlarining o’sishi bilan juda mahkam
bog’langandir. Idrok bolaga beriladigan tarbiya ta’siri, tajriba orttirish, bilim
olish tufayli, tafakkur, xayol, diqqat, hissiyot, irodaning bir-biriga ta’sir qilib
birgalikda o’sishi yoki umuman shaxsning kamol topib borishi jarayonida
o’sib boradi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin