52
52
bog’liq bo’ladi. Kelgusi vaqtni esa biz faqat xayolga keltirishimiz yoki bu
haqda o’ylashimiz mumkin, xolos. Obektiv (matematik) nuqtayi nazardan,
hozirgi payt bu o’tmishni kelgusidan ajratadigan bir nuqta (chegara)dir. Ammo
psixologik,
subektiv nuqtayi nazardan, biz borayotgan vaqtning «bo’laklarini»
hozirgi payt (endimik) deb idrok qilamiz. Dars, ma’ruza yoki bironta musiqiy
asarni eshitib o’tirish davomidagi vaqt ham mana shunday idrok qilinadi.
Demak, vaqtning to’xtovsiz borishi, davomi hozirgi payt deb tuyuladi.
Vaqtni tez yoki sekin o’tayotgandek sezishimiz shu paytda siz kechirayotgan
psixik jarayonlarga bog’liq bo’ladi. Ichki organlarning sezgirligi yo’qolgan
(anesteziya paydo bo’lgan) bemorlarda vaqt o’tishini bevosita
his qilish
qobiliyati yo’qolishi yoki zaiflanishi ma’lumdir. I.P. Pavlovning fikricha
tanamizda bo’lib turadigan hodisalarning takrorlanib turishi vaqtni idrok
qilishda katta rol o’ynaydi. «Bir
kun davomida, — deb yozadi Pavlov, - bosh
miya ta’sirlanadi, charchaydi, so’ngra yana kuchini tiklaydi. Ovqat hazm
qiladigan yo’llar vaqt-bevaqt ovqat bilan to’latiladi, ovqatdan bo’shab
qoladi
va hokazo. Odamning psixik hayoti bedorlik vaqtida eng boy mazmunga ega
bo’ladi, shu sababli vaqtning tez yoki sekin o’tayotgani his qilinadi va bilinadi.
Dostları ilə paylaş: