59
59
miya po’stida idrok qilinayotgan narsalarning—buyum, surat, so’z, fikr va
hokazolarning «izlari» hosil bo’lishidan va ayni vaqtda
esda olib qolinadigan
material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o’rtasida, esda qoladigan
materialning ayrim qismlari yoki elementlari o’rtasida bog’lanish vujudga
kelishidan iboratdir.
Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stida
yangi muvaqqat
nerv bog’lanishlari hosil bo’Iishidan iboratdir.
Esda olib qolishning tezligi, to’laligi, aniqligi va mustahkamligi har xil
bo’lishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga
tushirishning tezligi,
to’laligi va aniqligiga, shuningdek, nechog’li tez yoki
sekin unutilishiga qarab
aniqlanadi. Tez, to’la va aniq esga tushirish va tezda unutib qo’ymaslik esda
qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir.
Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam
bo’lish-bo’lmasligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin
unutiladi yoki
sira unutilmaydi.
Dostları ilə paylaş: