66
66
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrofdagi
olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining
vujudga kelishi
uchun shartdir. Tafakkur jarayonida fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar insonning
ongida muhim tushunchalar shaklini oladi.
Tafakkur nutq til bilan
chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u
hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o’z
atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi,
ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi
va ongli ravishda harakat
qiladi.
Masalan, biz quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G’arbga
botayotganligini hammamiz ko’ramiz (idrok qilamiz). Biz
Erning qimirlamay
turganligini, quyosh esa er atrofida aylanayotganligini ko’ramiz.
Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrim-
ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida
stolni yoki stulni idrok
qilamiz va tasavur qilamiz, ammo umuman stol va stul to’g’risida, umuman
mebel va umuman narsa to’g’risida esa fikrlashimiz mumkin. Umumiylash
natijasida bir hukmning o’zida ayni vaqtda yakka bir narsa to’g’risidagina fikr
qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning
butun bir turkumi
to’g’risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, «O’zbekistonning fuqarolari
teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir
kishi haqida fikr yuritmasdan,
balki O’zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.
Narsa yoki hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlar
tafakkur yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko’raylik. Siz
qalamni barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santimetr balandda ushlab turibsiz.
Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz
qalam stol ustiga tushadi, uning
taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va
ularni xuddi shu tartibda tasavur qilishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: