Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə70/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Tafakkur operatsiyalari.
Tafakkur qilish operativ jarayondir.
Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, aniq-
lashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy
turlaridir. Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo’ladi,
real olamdagi narsalar va hodisalar to’g’risidagi tushunchalar vujudga keladi.
Taqqoslash — shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim
narsalar o’rtasida o’xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik bor-
ligini, bir xillik yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi.
Taqqoslash fikr qilish jarayoni bo’lib, bu jarayon idrok qilinayotgan
narsalarning o’xshashligi yoki tafovutini aniqlash lozim bo’lganda, yoxud
sezgilarda va idrokda bevosita o’xshashlik va tafovutni topish lozim bo’lgan
hollarda paydo bo’ladi.Amaliy taqqoslash bir narsani ikkinchi narsaga
solishtirib ko’rilayotganda, masalan bir qalamni ikkinchi qalamga, o’lchov
chizig’ini taxtaga va shu kabilarga solishtirib ko’rilayotganda sodir bo’ladi.
Biz masofani santimetrli lenta bilan o’lchayotganimizda, og’irlikni tortib
ko’rayotganimizda va boshqa shu kabi hollarda taqqoslash jarayoni sodir
bo’ladi.Taqqoslash tasavur qilinayotgan yoki o’ylanilgan narsalarni bir-biriga



67
67


fikran solishtirib ko’rish yo’li bilan ham bo’ladi. Masalan, biz o’zimiz
turgan binoni boshqa ko’chadagi binolar bilan taqqoslab ko’rib, ularning
o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni topishimiz mumkin.
Analiz — narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga,
qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo’lish demakdir.
Analiz jarayonida butunning uning qismlariga uning elementlariga bo’lgan
munosabati aniqlanadi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga
ajratib bo’lish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qismlarga bo’lish
uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilarni biridan ajratib olish
mumkin. boshqa ko’chadagi binolar bilan taqqoslab ko’rib, ularning
o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni topishimiz mumkin.
Sintez — analizning aksi yoki teskarisi bo’lgan tafakkur jarayonidir. Bu
jarayon obektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir
butun qilib qo’shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun
narsa, yoki hodisa tarkibiga kirgan elementlar, yoki qismlar tariqasida olingan
buyum yoki hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bo’lgan
munosabati aniqlanadi.
Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib
qo’shishdan iboratdir, amaliy analiz bo’lgani singari, sintez ham amaliy
bo’lishi mumkin. Chunonchi, mashinaning ayrim detallari bir-biriga tegishli
tarzda biriktirilganda, ya’ni ular sintez qilinganda, yaxlit, butun mashina,
masalan, odimlovchi ekskavator hosil bo’ladi. Kislorod bilan vodorodning
kimyoviy birikishi natijasida suv hosil bo’ladi. Mana shu va shunga o’xshash
hollarning hammasida sintez fikr qilish jarayon-larida va ish-harakatlarda sodir
bo’ladiki, bu ish-harakatlar natijasida bir butun, yaxlit moddiy narsa hosil
bo’ladi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin