Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə60/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Obraz xotirasi – yaqqol mazmunni, ya’ni narsa va hodisalarning
aniq obrazlarini, ularning yorqin xususiyati va bog’lanishlarini esda qoldirish,
mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat xotira turi. Obraz xotirasi
analizatorlarning (tashqi va ichki muhitdan keladigan taassurotlarni qabul
qilib, fiziologik jarayon hisoblangan qo’zg’alishni ruhiy jarayonga
aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi) nomiga ko’ra ko’ruv, eshituv, teri
sezgisi kabi turlarga bo’linadi.
2. Harakat xotirasi - turli harakatlarni, ularning bajarilish tartibi,
tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustahkamlash
hamda esga tushirishdan iborat turi. Harakatni esga tushirish shu harakatni
bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo’ladi. Harakat xotirasi
mehnat, o’quv, maishiy xizmat ishlari, sport va boshqa turdagi malakalarning
tarkib topishi hamda bajarilishida muhim ahamiyatga egadir.
3. Mantiq xotirasi - ma’lum g’oyalar, fikrlar, hamda ular o’rtasidagi
mantiqiy bog’lanishlarni esda qoldirish, mustahkamlash va zarur paytlarda
esga tushirishdan iborat bo’lgan xotira turi. Masalan, falsafiy mushohadalar,
qonuniyatlar va shu kabilarning esda qoldirish, mustahkamlash va qayta tiklash
jarayonlaridir. So’zlar (verbal) orqali ifodalangan fikrlar so’z-mantiq xotirasi
yordamida esda olib qolinadi.
4. Mexanik (grek. ongga yo’naltirilmagan) xotira - muayyan materialni
uning mazmuni, mohiyati, ichki mantiqiy bog’lanishlariga tushunmagan holda,
faqat muhim bo’lmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish,
mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi.
5. Musiqa xotirasi - avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda
qoldirish, mustahkamlash va keyinchalik ularni qayta esga tushirishdan iborat
xotira turi.
6. Kasbiy xotira - bevosita o’z kasbiga doir narsa va hodisalarni, fikr,
mulohaza, hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va esga
tushirishdan iborat xotira turi. Masalan, o’qituvchi talaba hamda
o’quvchilarning psixik xususiyatlarini, o’z faniga oid qoida va qonuniyatlarini;
davlat avtomobil nazorati xodimlari ko’proq avtomashinalarning raqamlari va
tuslarini; sportchi o’z sohasiga taalluqli xatti-harakatlar, musobaqalar ko’rigini,
hamkasblarini esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.
7. Fenomenal (gr. – noyob) xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni,
ularning bog’lanishi munosabatlarini favqulodda tez hamda aniq esda qoldirish
va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati.
8. Eshitish xotirasi - tovush qo’zg’atuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida
hosil bo’lgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va esga
tushirishdan iborat xotira turi. Eshitish xotirasi asosan ko’zi ojiz kishilarga va
musiqachilarda kuchli rivojlangan bo’ladi.
9. Esda qoldirish - idrok qilingan materiallarni, narsa va hodisalarni
ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.



58
58


10. Ixtiyorsiz esda qoldirish - idrok qilingan narsa va hodisalarni,
ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular haqidagi fikr hamda
tushunchalarni oldindan aniq maqsad qo’ymagan holda esda qoldirishdan
iborat xotira jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh
miya yarim sharlari qobig’ining ma’lum darajada tormozlangan uchastkalari
orqali ro’y beradi. Shuning uchun ham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni
biz keyin payqab qolamiz.
11. Ixtiyoriy esda qoldirish - idrok materialini maqsadga muvofiq,
uning muhimligini anglangan holda, irodaviy va asabiy kuch sarflab esda
qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
12. Ma’nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish - muayyan
materialni uning mazmuniga, mohiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash
asosida esda qoldirish. Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning
ko’p marta takrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko’pincha bog’cha
yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga xosdir.
13. Mantiqiy esda qoldirish - materialning ma’nosiga tushunib, uning
alohida qismlari o’rtasida mantiqiy bog’lanishlar hosil qilgan holda esda
qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning
eng tejamli hamda mahsuldor turidir.
14. Esda qoldirish tezligi - shaxsning muayyan materialni idrok qilish
bilan esda qoldirish o’rtasidagi vaqt birligi bilan belgilanadigan yakkahol
(individual) xotira xususiyati. Esda qoldirish tezligi shaxsning qiziqishiga,
qobiliyatiga va iste’dodiga, bilim darajasiga, yoshiga va boshqa uning
yakkahol, betakror xususiyatlariga bog’liq.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin