58
58
10.
Ixtiyorsiz esda qoldirish - idrok qilingan narsa va hodisalarni,
ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular haqidagi fikr hamda
tushunchalarni oldindan aniq maqsad qo’ymagan
holda esda qoldirishdan
iborat xotira jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh
miya yarim sharlari qobig’ining ma’lum darajada tormozlangan uchastkalari
orqali ro’y beradi. Shuning uchun ham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni
biz keyin payqab qolamiz.
11.
Ixtiyoriy esda qoldirish - idrok materialini maqsadga muvofiq,
uning muhimligini anglangan holda, irodaviy
va asabiy kuch sarflab esda
qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
12.
Ma’nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish - muayyan
materialni uning mazmuniga, mohiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash
asosida esda qoldirish. Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning
ko’p marta takrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko’pincha bog’cha
yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga xosdir.
13.
Mantiqiy esda qoldirish - materialning ma’nosiga
tushunib, uning
alohida qismlari o’rtasida mantiqiy bog’lanishlar hosil qilgan holda esda
qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning
eng tejamli hamda mahsuldor turidir.
14.
Esda qoldirish tezligi - shaxsning muayyan materialni idrok qilish
bilan esda qoldirish o’rtasidagi vaqt birligi bilan belgilanadigan yakkahol
(individual) xotira xususiyati. Esda qoldirish tezligi shaxsning qiziqishiga,
qobiliyatiga va iste’dodiga,
bilim darajasiga, yoshiga va boshqa uning
yakkahol, betakror xususiyatlariga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: