Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ixtiyoriy (irodaviy) esda olib qolish



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə63/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ixtiyoriy (irodaviy) esda olib qolish eng samarali va puxta esda qoldirish-
dir. Bunda esda olib qolish maqsadini ko’zda tutishning esda olib qolish lozim
bo’lgan materialni tanlashning o’ziyoq uni eng samarali yo’sinda esda
qoldirishga sabab bo’ladi. Esda olib qolishda ma’lum materialni xotirada
qoldirish zarur va kerak ekanini tushunish ahamiyatga egadir. Esda olib
qolishga jazm qilish, maqsadni ko’zlash, kerak materialni tanlash, motivatsiya
(nima maqsad bilan esda qoldirish kerakligini bilish) — bularning hammasi
tafakkur faoliyati bilan bog’liq bo’ladi. Shu sababli ixtiyoriy esda qoldirish
asosan ma’nosiga tushunib, ongli va binobarin, eng unumli ravishda esda
qoldirishdir.
ESGA TUSHIRISh VA UNING XILLARI
O’tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg’u, fikr va ish-
harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishini esga tushirish deyiladi.
Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stida ilgari hosil
bo’lgan nerv bog’lanishlarining qo’zg’alishidir.
Esga tushirishning: tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum bir vaqt
o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy eslash xillari bo’ladi.
Tanish va eslash. Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror
idrok qilganda, u narsa yoki hodisa esga tushadi, ana shuni tanish deymiz.
Oshnamizni yoki uyni tanish deganimizda, buning ma’nosi biz shu
oshnamizni yoki uyni ilgari ko’rganimizda hosil bo’lgan obraz, his va
fikrlarning oshnamizni yoki uyni ikkinchi ko’rganimizda ongimizda tiklanishi
demakdir.
Tanish aniq (to’liq) va noaniq (yarim-yorti) bo’lmog’i mumkin. Yarim metr
taniganimizda shu narsani idrok qilish bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir tasavvur,
his va fikrlargina g’ira-shira esimizga tushadi, biz bu narsa bizga notanish
emasligini his qilamiz, xolos. Lekin bu tasavvur va fikrlar xuddi shu narsani
ilgari ko’rganimizda tug’ilgan tasavvur va fikrlarga bog’lanmagan holda
esimizga tushadi: masalan, bir odam ko’zimizga issiq ko’rinadi-yu, ammo uni
qachon, qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz.
Yarim-yorti tanishda shu narsa, umuman nima uchundir tanish ekani his
qilinadi, lekin to’liq esga tushmay turadi.
Tiniq, aniq tanishda esa shu paytda idrok qilinayotgan bir narsaga doir ilgari
hosil bo’lgan tasavvur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Ana shu tasavvur va
fikrlar bir talay boshqa tasavvur va fikrlar bilan bog’lanib esga tushaveradi.
Bunday holda biz shu narsani qaerda va qachon ko’rganimizni ham bemalol
eslay olamiz. Masalan, biz bir kishi bilan uchrashganimizda uning o’zini ham
taniymiz va ilgari u bilan qaerda, qanday sharoitda uchrashganimizni, nima
to’g’risida gaplashganimizni va hokazolarni ravshan eslay olamiz. Ko’pincha,
yarim-yorti tanish, umuman tanish ekanini his qilish bir necha vaqtdan keyin



61
61


to’la, aniq tanishga o’tadi. Bunga shu narsa bilan ilgari uchrashgan erni
ikkinchi ko’rish yoki shu narsani ilgari qaerda ko’rganimizning esga
tushirilishi yordam beradi.
Masalan, so’z bilan tasvirlab berilgan bir uyni yoki bir odamni topib olish,
kitobdan o’qib tasvirini bilib olgan bir hayvonni hayvonot bog’ida ko’rib
tanish mumkin.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin