Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə22/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni kasb tushunchasi
bilan tanishtirish. Shaxs qiziqishlarini va kasbning ahamiyatini tushuntirish.
Kasb faoliyati ichida shaxslar o’rtasida o’rnatilgan ma’lum aloqalar va axloq
normalarini ta’riflash. Mutaxassislik haqida tushuncha berish. Kasb
klassifikatsiyasini bayon qilish. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki
saloxiyatli tayyorgarligi va. shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaktdagi
tayyorgarligini qiyosiy solishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1.Kasb tushunchasi bilan tanishtiradi.
2. Shaxs qiziqishlarini va kasbning ahamiyatini tushuntiradi.
3. Kasb faoliyati ichida shaxslar o’rtasida o’rnatilgan ma’lum aloqalar va axloq
normalarini ta’riflaydi.
4.Mutaxassislik haqida tushuncha beradi.
5. Kasb klassifikatsiyasini bayon qiladi.
6. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki saloxiyatli tayyorgarligi va shaxsning
kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaktdagi tayyorgarligini qiyosiy solishtiradi.
1 savolning bayoni
Kasb tushunchasi. Shaxs qiziqishlari va kasb.
Kasb tushunchasi — kasbshunoslikning asosiy kontseptual bosh
tushunchasidir. Kasb tushunchasiga adabiyotlarda xilma xil tavsiflar juda ko’p.
Avvalambor kasb maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan
o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat kiluvchi
mashg’ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni
birlashtiradi. Kasb faoliyati ichida shaxslar o’rtasida ma’lum aloqalar va axloq
normalari o’rnatiladi. Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy
birlashtirishning alohida shakli hisoblanadi. Kasbda shaxslarning hatti
harakatlari va kasbiy ongi birlashadi.
Kasb" tushunchasi "mashgulot" tushunchasidan farq qiladi. "Kasb"
atamasi kasbiy faoliyatning fakatgina yukori statusli turlariga nisbatan



22
22


ishlatiladi. Boshka faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, mashg’ulot
turlariga tegishli bo’ladi. Kasb mutaxassislikdan ko’ra kengrok tushuncha
bo’lib, kasbiy salohiyatidan tashqari, muhim sifatlarga ham ega. Kasb odatda
yakin mutaxassisliklar guruxini birlashtiradi. Masalan, shifokorlik kasbi- ,
quyidagi mutaxassisliklarni birlashtiradi - terapevt, pediatr akulist, urolog,
onkolog muxandislik kasbi - mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog,
metallurg va xokazolar.
Mutaxassislik - kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi
maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar kompleksi bo’lib, ular u yoki bu kasb
doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy xisoblanadi. Shunday
kilib, mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy
yutuklarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga
yo’naltirilgan bo’ladi.
Kasb klassifikatsiyasi uchun asos qilib tanlangan belgi quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
1. Tanlangan kasb belgisi o’zgarmas, muntazam bo’lishi.
2. Tanlangan kasb belgisi barchaga tushunarliligi.
3. Tanlangan kasb belgisi aniq, yorqin bo’lishi.
4. Tanlangan kasb belgisi bitta belgi bo’yicha faqat bitta guruhga
tegishli bo’lishi.
Ushbu talablarning biriga javob bera olmasa, bu kasb belgisini
klassifikatsiya qilish uchun asos bo’la olmaydi.
Insoniyat rivojlanishida kasbiy faoliyat turlariga Misrda qadimiy Gretsiyada
(Yunoniston), Rim imperiyasi va boshka rivojlangan davlatlarda ahamiyat
berilgan. Bugungi kunda sanoatning rivojlanishi kasblar ro’yxatini
yangilanishiga va kengayishiga olib keldi. Ma’lumotlarda ko’rsatilishicha 1965
yilda AQShda alifbo tartibida 21741 ta kasb va 400 ta mutaxassisliklar ruyxatga
rlingan. Xalkaro kasblarni tizimlash standarti bo’yicha 1988 yilda 9333 kasb
ruyxatga olingan. Yagona ta’rif malaka ma’lumotnomasi 7000 ga yaqin kasb va
mutaxassisliklarni birlashtiradi. Bu maxsus xujjatlar ularning tizimli paytidagi
kasbiy vaziyati aks ettiriladi. Vaqt o’tgan sayin kasblar dunyosi dunyosi doim
uzgarib turadi, yangi kasblar paydo bo’ladi, kasblarning
Xarakterining o’zgarishi mehnat mazmunini yangilaydi, natijada, past
malakali mehnat kasblari yo’qolib boradi. Kasblar nomi ko’pincha o’zgarib
to’radi va o’zida yillar davomida shakllangan mehnat xarakterini aks ettiradi.
Bizga ma’lumki ayrim kasblar va mutaxassisliklar nomini o’zgartirmasa ham
bo’ladi: shifokor, o’qituvchi, muxandis, muxarrir, zargar, agranom va xokaza.
Ularning mexnat mazmuni o’zgaradi, ammo kasbning nomi uning moxiyatini
anglatadi va mehnat maxsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Ijtimoiy
rivojlanish jarayonida yangi kasblar nomini kiritish zaruriyati kelib chiqadi.
1979 yildan buyon Ekaterinburg shaxrida kasb bilim yurtlari uchun
mutaxassislar tayyorlanadi - ya’ni muxandis pedagoglar ammo rasmiy
ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas.
Psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar mutaxassisning kasbiy
tayyorgarligiga sabab ikkita uzaro bog’lik bo’lgan tomonlarni ko’rsatishgan



23
23


1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki saloxiyatli tayyorgarligi bu
tayyorgarlikka kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, kunikma, malakalar,
shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va kadriyatlari, afzalliklari
hamda umuman shaxsning zarur bo’lgan kasbiy imkoniyatlari
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaktdagi tayyorgarligi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligining ushbu tomoni tezkorligi,
o’zgaruvchanligi, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echish,
mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik
muxitga bog’likligi.
Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga
dastlabki saloxiyatli tayyorgarligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorgarligining asosi
hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassislarni oliy o’kuv yurtida tayyorlash unda
kasbiy faoliyat uchun etarli bo’lgan sifatlarni shakllantirish lozim.
Mutaxassis kasbiy tayyorgarligining asosiy va eng murakkab tomoni
(psixologik tomoni) - mutaxassis ruxiyatining kasbiy tayyorgarligi xisoblanadi.
Bu mutaxassisning psixikasi ruxiy kuchlarining kasbiy masalalarni hal etishga
o’zining vazifalarini bajarishga tayyorligi va yo’nalganligi darajasidir. Hozirgi
zamoy mutaxassisining kasbiy tayyorgarligida uning kommunikativ
tayyorligi alohida ahamiyatga ega. Bunday tayyorgarlik mutaxassisda
odamlar bilan kasbiy muhit o’rtasida yakin alokalar yaratishga, xodimlar va
raxbarlar o’rtasida uzaro munosabatlarni o’rnata olishga va rivojlantirishga
qodirligi kuzda tutiladi Shaxsning kommunikativ tayyorligi fakatgina
etarlicha darajada rivojlanganligi u so’z va tildan to’g’ri foydalanishni
bilganidagina mavjud bo’ladi. Shaxsning nutkiy madaniyati uning fikrlash
madaniyati rivojlaganligining ko’rsatkichi hisoblanadi! Shuning uchun
mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muxim shartlaridan biri
uning kasbiy nutkiy madaniyatini rivojlantirish xisoblanadi.
Mutaxassisning kommunikativ tayyorgarligi deganda uning empativligi,
xushmuomalaligi, o’rtoqlik hissining shakllanganligi, jamoatchilikni
rivojlantirishni bilishi, kasbdoshlari bilan o’zaro aloqalar hamda
munosabatlarga tayyorligini va kodirligini, yuzaga kelgan kiyinchiliklarni
to’g’ri xal eta olishni bilishi, ishda, xodimlar, kasbdoshlari bilan
munosabatlarda murosaga kelishni bilishi kuzda tutiladi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin