BO’LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHILARINI INNOVATSION KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH CHoriyeva Dilnoza Termiz davlat universiteti 1-bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash va ulardagi kreativlik xususiyatlarining shakllanishi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:Innovatsion faoliyat, kreativlik, didaktik qurilma, samara, metod.
Annotation: This article discusses the preparation of future technology teachers for innovative professional activities and the formation of their creative qualities.
Keywords: Innovative activity, creativity, didactic device, efficiency, method.
Аннотация: В данной статье рассматривается подготовка будущих учителей технологии к инновационной профессиональной деятельности и формирование у них творческих качеств.
Ключевые слова:Инновационная деятельность, креативность, дидактический прием, эффективность, метод.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
Texnologiya fani o‘qituvchilarining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.