Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash choriyeva Dilnoza



Yüklə 17,92 Kb.
səhifə3/3
tarix22.06.2023
ölçüsü17,92 Kb.
#134256
1   2   3
Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion kasbiy fa

Maqbullik me’yori o‘qituvchi va o’quvchining natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
V.A.Slastenin o‘tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

  • mo‘ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;

  • kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni aniqlash;

  • yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

  • yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;

  • yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.

Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:

  • shaxsning ijodiy-motivatsion yo‘nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;

  • kreativlik. Bu – hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya;

Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o‘qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):

  • innovatsion foliyatga bo‘lgan zaruriyatni anglash;

  • ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;

  • shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;

  • ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni engishga shaylik;

  • innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;

  • innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta’siri;

  • kasbiy refleksiyaga bo‘lgan qobiliyat.

Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o‘qituvchi shaxsidir.
O‘qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo‘lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg‘ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o‘ch bo‘lishi lozim.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:

  • yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;

  • yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.

Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, texnologiya fani o’qituvchilari darslarga innovatorlik va kreativlik asosida yondashsa, ta’lim jarayonini jahon standartlari darajasida tashkil etish imkoniga ega bo’ladilar.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Ziyomuhammadov B., Abdullaeva SH. Ilg‘or pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot «Ma’naviyat asoslari» darsi asosida ishlangan uslubiy qo‘llanma. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2001.
2.Ishmuhamedov R.J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. – T.: TDPU, 2004.
3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.
4. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi. 0‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.
Yüklə 17,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin