43
43
fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlarni yo’qotish uchun ongli
ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, masalan, ninaga ip taqish kabi juda
oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko’rinadi. Juda ko’p har xil ishlar borki, ular
asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi, masalan: g’isht teruvchining ishi,
ekskavatorda ishlash.
Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra
tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Kishilarning ongidan tashqarida bo’lgan diqqatga
tashqi diqqat deb ataladi.
Tashqi diqqat dastaval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo’ladi.
Tikuvchining ishida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo’la oladi.
O’quvchining kitob o’qishdagi, suratlarni ko’rishdagi va tabiat hodisalarini
kuzatishdagi diqqati ham tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Narsa va
hodisalarni qaysi sezgi a’zolarimiz bilan idrok qilayotganimizga qarab, tashqi
diqqatni ko’rish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish, hid bilish va ta’m
bilish turlariga ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: