Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə43/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Diqqatning ko’lami. Diqqatning ko’lami — diqqatga eng qisqa vaqt ichida
(go’yoki birdaniga) sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar soni bilan belgilanadi.
Diqqat ko’lami jihatidan tor yoki keng bo’lishi mumkin.
Diqqatning ko’lamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob
qo’llaniladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi. Diqqatning kuchi va barqarorligi uning
muhim xossalaridan hisoblanadi. Diqqatning kuchi turli darajada bo’lishi
diqqat kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin. Diqqat qanchalik kuchli bo’lsa, u
diqqat obektiga shunchalik ko’p to’planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz
bo’lgan narsalarga shunchalik kam chalg’iydi. O’quvchining diqqati har xil,
hatto kuchsiz darajadagi chetki qo’zg’ovchilardan, chunonchi, qalamning
tushib ketishiga, qo’shni partadagi o’rtoqlarining pichirlashganiga, koridorda
bo’layotgan gaplarga chalg’ib ketaversa bu ayni vaqtda o’quvchining diqqati
kuchsizligidan dalolat beradi.
Diqqatning barqarorligi. Diqqat ma’lum darajada barqaror va beqaror
bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatgacha bir narsaning o’ziga qaratilib tura oladigan diqqat
barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa
narsalarga, kcraksiz narsalarga chalg’iyversa yoki tez sustlashib va so’nib
qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi.
Birinchi savol uchun nazorat topshiriqlari:
1. Diqqat deb nimaga aytiladi ?
2. Diqqatni faolligi jihatidan nechta turga bo’lish mumkin ?
Tushuntirib bering ?
3. Diqqatning fokusini aniqlang ?
4. Irodaviy diqqat deb nimaga aytiladi ?
5. Ixtiyorsiz diqqatning fiziologik asosini ko’rsating ?
6. Tashqi diqqatni ta’riflang ?
7. Diqqatning paydo bo’lishida hissiyotning, fikrlarning, istaklarning ta’siri
bormi ? Fikringizni bayon qiling ?
8. Diqqatning asosiy xususiyatlarini ajrating va tushuntiring ?
9. Diqqatning ko’lami deganda nimalarni bilasiz ? Gapirib bering ?
10. Diqqatni ko’chirishning nerv-fiziologik asosini isbotlang ?
11. Konsentratsiyalashgan diqqat haqida fikringizni bayon qiling ?
12. Diqqatning kuchi va barqarorligini asoslang ?
13. Diqqatning ko’lamini aniqlash uchun ishlatiladigan maxsus asbobni
ta’riflang ?



45
45



Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin