Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə81/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Birinchi savolning bayon
Hissiyot turlari va hissiy holatlarning ifodalanishi.
Kishi biror narsani idrok va tasavur qilganida, eslab qolganida va esga
tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida biror
yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish
yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo’ladi. Bu
kechirmalarda odamning o’z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga),
odamlarga va o’ziga nisbatan subektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki
yoqimsiz kechinma hissiyotimizning (emottsiyalarimizning) birinchi belgisi
va elementidir.
Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa
qiladi, ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g’azablanadi,
odam ba’zi hodisalarni ko’rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo’rqadi.Shuning
uchun ham subektiv kechinmalardan iborat bo’lgan hissiyotlar ijobiy va salbiy
hissiyotlar deb ajratiladi.
G’azab va qahr hissi har bir kishida salbiy, noxush kechinma holatida o’tadi.
Ammo ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu hissiyot nima sababdan
tug’ilganligiga va nimaga yo’nalganligiga qarab ijobiy yoki salbiy hissiyot
bo’lishi mumkin.
Ko’p hollarda emotsional kechinmalarimizning mazmuniga bizning
intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi.
Shunday emotsional holatlar ham bo’ladiki, bunda intilish juda sust bo’ladi
yoki butunlay bo’lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlarni, odatda,
sentimentallik deb ataydilar. Sentimentallik - harakatsiz hissiyot bo’lib,
odatda, faqat so’z bilan cheklanib, oh-vohlar qilish, ba’zan ko’z yoshi
to’kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning faollik darajasi kishidagi qo’zg’alish va kuchlanish holatida
yoki tinchish va bo’shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuchlar g’ayratga
kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo’shashgan holatda namoyon
bo’ladi. Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin