2.Elektron naqd puldan foydalanish va uning hozirgi kundagi o’rni Qoidaga ko‘ra, elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs elektron pullardan to‘lovlarni va elektron pullar tizimining qoidalarida belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar asosida egasidan elektron pullarni mazkur tizimning boshqa ishtirokchisiga o‘tkazish orqali boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi (3-rasm). Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda faqat respublikamiz hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi belgilangan.
3-rasm. Elektron puldan foydalanish yo‘nalishlari
Elektron pullar tizimida har bir elektron pullar egasiga mazkur tizim qoidalari, elektron pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma hamda emitent va operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron hamyon shakllantiriladi yoki oldindan to‘langan karta (prepaid card) ko‘rinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan beriladi (4-rasm).
4-rasm. Elektron pul tizimidagi elektron hamyon turlari
Operator elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalarini turli elektron pullar tizimlari hamda ko‘p emitentli elektron pullar tizimi doirasida amalga oshirishi mumkin.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan chiqarilgan chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari mazkur sub’ekt bilan shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda emitent tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Elektron pullar egasi tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga to‘lovni amalga oshirish maqsadida elektron puldan foydalanishi mumkin. Bunda emitent yoki operator tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga maxsus elektron hamyonlar shakllantiriladi. Ushbu elektron hamyonlarga faqat realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun elektron pullarni, keyinchalik bank hisobvaraqlariga ularning nominal qiymatiga teng bo‘lgan pul mablag‘lari summasini o‘tkazish maqsadida qabul qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning maxsus elektron hamyonlaridagi elektron pullar mazkur tizimda qayta realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Elektron pul kartalarda, qurilmalarda yoki serverda saqlanishi mumkin. U alohida valyuta emas va banklar tomonidan nazorat qilinadi. Bu turdagi pullar rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va rivojlanayotgan mamlakatlarda tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Dastavval elektron pul egasi identifikatsiyadan o‘tgandan keyin ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p summasi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravariga teng bo‘lgan summadan oshmasligi kerak.Identifikatsiyadan o‘tmagan mijozga ham elektron puldan foydalanish imkoniyati berilgan. Biroq bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p miqdori BHMning 1 baravaridan oshmasligi kerak.Elektron pulning asosiy afzalliklaridan biri bu — bankka borib bank hisob varaqasini ochmasdan turib to‘lovni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi. Bundan tashqari, pul mablag‘laridan tezkor ravishda foydalanish mumkin.Shuningdek, to‘lovlarni elektron pullar yordamida amalga oshirayotgan paytda vositachilik haqining boshqa to‘lov vositalariga nisbatan arzondir. Elektron pullardan foydalanib mobil operatorlar uchun, kommunal, davlat xizmatlari va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, bu turdagi pullar orqali xorijiy valyutada emissiya qilingan elektron pulni ayirboshlash imkoniyati mavjud. Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning “uzoqlardan-masofadan turib” electron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga
berishning esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o’tkazish jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni, elektron to’lov tizimlari, bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni istamaydi. O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta. Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul o’tkazmalariningfoydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan xolda elektron biznesni yuritish mumkin?
Elektron pullar global miqyosda operatsiyalar uchun ishlatiladi. U fiat valyutasiga almashtirilishi mumkin bo'lsa-da (bu uni kriptovalyutadan ajratib turadi ), elektron pul ko'pincha elektron bank tizimlari orqali qo'llaniladi va elektron ishlov berish orqali nazorat qilinadi. Valyutaning atigi bir qismi jismoniy shaklda ishlatilganligi sababli, uning katta qismi bank kassalarida saqlanadi va markaziy banklar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi . Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda elektron naqd pul platformalari 15 taga yetdi. Bu turdagi platformalarning ahamiyati kattaligi tufayli va kam mablag’ va kam vaqt talab qilish bundan tashqari raqamli iqtisodiyotga utish boshqichlari tufayli kuplab yuridik va jismoniy shahslar bu turdagi pullar umuman olganda electron pul paltformaaridan keng miqyosda foydalanmoqda. Bunday munosabatlar asosan 2 va undan kup davlatlar , korhonalar, banklar va hakazolar urtasida olib boriladi.