Kirish Kurs ishining maqsadi:Geografiya ta’limi jarayonida pedogogik texnologiyalardan,interfaol metodlardan va zamonaviy usullardan foydalanishning nazariy-ilmiy asoslarini asoslab berish.
Kurs ishining vazifasi:Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishda umumiy o’rta ta’lim,o’rta maxsus,professional ta’lim va oily ta’lim tizimlaridagi ahamiyatini yoritib berish.
Kurs ishining mazmuni:Ta’lim texnologiyasi, pedagogik texnologiyalar nazariyasining umumiy asoslari mohiyatini to’laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug’oviy ma’nosini tushunib olish taqazo etiladi. «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, «techne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda: - Dastlab bu tushuncha 1940-1950-yillar o’rtalarigacha «ta’limda texnologiya» deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalarida foydalanishni ifoda qilgan.
- Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSH da qo’llanila boshlagan. Bunda «texnologiya texnologiya» va «ta’limda texnologiyasi» ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llanilgan.
- 1950 yillar o’rtasida 1960- yillargacha «ta’limda texnologiyasi» ifodasi qo’llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
- 1979 yilda AQSH Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiyasi tomonidan kompleks, integrativ jarayon deb ta’riflangan. - 1980 yillarni boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompьyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
«Ta’lim texnologiyasi» iborasining ma’nosi (inglizcha «an educational texnology») ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san ‘at darajasida tashkil etish to’g’risida ma’lumot beruvchi fan, ta’limot ma’nosini anglatadi. Ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasining ta’rifi hamda mohiyati borasida yagona g’oya, fikr mavjud bo’lmay, balki, bu nazariya mohiyatini yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar, ya’ni, V.P.Bespalьko, I.P.Volkov, V.M.SHepelь, V.M.Klarin, G.K.Selevko, YuNESKO, V.M.Maxanov va boshqa pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta’riflar mavjud. Pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo’yicha izlangan har bir olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya – o’qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Geografiyani o’qitishda modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o’quvchilar mustaqil o’zlashtirishlari uchun o’quv topshiriqlari tuziladi. SHu o’quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob o’tkaziladi va xulosa chiqariladi.
Mazkur darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati modullarni ketma-ket o’zlashtirishlarini nazarda tutgan holda tashkil etiladi. Har bir modulni o’zlashtirish jarayoni o’quvchilarning yaxlit bilish faoliyatining elementi sanaladi, ya’ni bir darsda yaxlit tashkil etilishi ko’zda tutilgan o’quvchilarning o’quv faoliyati mavzu ajratilgan modullarga muvofiq holda o’quv faoliyati elementlari (O’FE)dan tashkil topadi. Agar darsda o’rganiladigan mavzu mazmuni 4 ta moduldan iborat bo’lsa, o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyati mos holda 4 ta o’quv faoliyati elementi (O’FE) dan tashkil topadi. SHuni qayd etish kerakki, dars yakunida o’quvchilarning o’z faoliyatlarini tahlil qilishi va o’z-o’zini baholashini amalga oshirish maqsadida modul dasturini yakunlash bosqichi bo’ladi. SHu sababli fikr yuritilayotgan ushbu darsda foydalaniladigan modul dasturida 5 ta o’kuv faoliyati elementi (O’FE) bo’ladi. O’qituvchi shu asosda modul dasturini tuzadi.