Ta’lim vazirligi


Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda



Yüklə 102,19 Kb.
səhifə4/26
tarix25.04.2023
ölçüsü102,19 Kb.
#102184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
MFO\'M kurs ishi

Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda: - Dastlab bu tushuncha 1940-1950-yillar o’rtalarigacha «ta’limda texnologiya» deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalarida foydalanishni ifoda qilgan.
- Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSH da qo’llanila boshlagan. Bunda «texnologiya texnologiya» va «ta’limda texnologiyasi» ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llanilgan.
- 1950 yillar o’rtasida 1960- yillargacha «ta’limda texnologiyasi» ifodasi qo’llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
- 1979 yilda AQSH Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiyasi tomonidan kompleks, integrativ jarayon deb ta’riflangan. - 1980 yillarni boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompьyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
«Ta’lim texnologiyasi» iborasining ma’nosi (inglizcha «an educational texnology») ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san ‘at darajasida tashkil etish to’g’risida ma’lumot beruvchi fan, ta’limot ma’nosini anglatadi. Ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasining ta’rifi hamda mohiyati borasida yagona g’oya, fikr mavjud bo’lmay, balki, bu nazariya mohiyatini yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar, ya’ni, V.P.Bespalьko, I.P.Volkov, V.M.SHepelь, V.M.Klarin, G.K.Selevko, YuNESKO, V.M.Maxanov va boshqa pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta’riflar mavjud. Pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo’yicha izlangan har bir olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya – o’qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Bu yerda inson salohiyati deyilganda o’qituvchining pedagogik va o’quvchilarning bilish faoliyati, texnik resurslar deganda o’qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflar quyidagicha: Texnologiya –biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at)
Pedagogik texnologiya – o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lgan holda pedagogik muvoffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalьko).
Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydala-niladigan barcha shaxsiy, instrumentli va metodologik vositalarning tizimli yig’indisini va amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya - bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yon-dashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifoda-lanishi. Texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
Pedagogik texnologiya – turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’rif-lari mazmunini o’zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K.Selevko).
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad talab etilgan o’zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo’lib, uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo’ladi (U.Nishonaliev).
Pedagogik texnologiya – bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir ( N. Saydahmedov)
Pedagogik texnologiya- bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsni oldindan belgilangan ijtimoiy safatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko’rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir ( B.Ziyomuhammedov).
Pedagogik texnologiya- bu o’qitishning o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvidir. U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman) va h.k. Pedagogik texnologiyalar quyidagi belgilariga ko’ra tasnif qilinadi:

  • Qullanish darajasiga ko’ra

  • Falsafiy asosi bo’yicha;

  • Asosiy rivojlantiruvchi omili bo’yicha;

  • O’zlashtirish kontseptsiyasi bo’yicha;

  • SHaxsiy belgi sifatlariga ko’ra o’ynalganligi bo’yicha;

  • Mazmuni xususiyatlari bo’yicha;

  • Boshqaruv turi bo’yicha;

  • Ko’p qo’llaniladigan metodlari bo’yicha;

  • Bolaga yondashuv bo’yicha;

  • Ta’lim oluvchilar toifalari bo’yicha

Pedagogik texnologiyalarni umumpedagogik, xususiy (o’quv fanlari) va kichik texnologiyalardan iborat uchta darajaga ajratiladi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin