Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati: ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o’quvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish sanaladi.
Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi: O’rganilayotgan bilim, ko’nikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qaerda va qay tarzda foydalanishni bilaman” sanaladi. Bu tezis o’quvchilarning fan asoslarini ongli o’zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va mo’ljalni to’g’ri olishlariga yordam beradi.
Har bir loyiha o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga ko’ra tasniflanadi:
Loyihada ko’zda tutilgan faoliyatning ustunligiga ko’ra:
Tadqiqot xarakteridagi loyihalar.
Ijodiy xarakterdagi loyihalar.
Rolli loyihalar.
Amaliy xarakterdagi loyihalar
Izlanish va mo’ljal olishga mo’ljallangan loyihalar
Loyihalarning predmeti va mazmuniga ko’ra:
Bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar
Fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalar
Loyihalar xarakteriga ko’ra:
Aniq natija olishga mo’ljallangan loyihalar
Ko’p yo’nalishli natija olishga mo’ljallangan loyihalar
Loyihada ishtirok etadigan qanashchilar soniga ko’ra:
Yakka tartibdagi loyihalar
Ikki o’quvchiga mo’ljallangan loyihalar
O’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan loyihalar
Loyiha ko’lamiga ko’ra:
Bir sinf o’quvchilariga mo’ljallangan loyihalar
Maktab o’quvchilariga mo’ljallangan loyihalar
SHahar miqyosida hal etilishi mo’ljallangan loyihalar
Mamlakat miqyosida hal etilishi mo’ljallangan loyihalar
Dunyo miqyosida hal etilishi mo’ljallangan loyihalar