Kirish Respublikamizda uzluksiz ta‟limni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish orqali yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifati birinchi navbatda bakalavriat ta‟lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o'quv rejasiga kiritilgan fanlar mazmuni va ularni o'qitish sifatiga bog'liq. Shu nuqtai nazardan yondashganda magistratura mutaxassisliklari bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning negizini eng avvalo ularning bakalavriat ta‟lim bosqichida o'qigan fanlaridan egallagan bilim va ko'nikmalari tashkil etadi.