Ta’limda axborot texnologiyalari



Yüklə 215,75 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.04.2023
ölçüsü215,75 Kb.
#98155
Ички такриз-Тоштемиров-ТАТга



Muallif O.B.Burxiyev tomonidan tayyorlangan “Ta’limda axborot 
texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasiga 
 
TAQRIZ 
 
 
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ko’p jihatdan 
uzluksiz ta’lim tizimini innovatsion shakllarda tashkil etishni taqazo etadi. Yangicha 
fikrlaydigan, chuqur bilimli mutaxassislarni, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida 
faoliyat yurituvchi kadrlarni mukammal tayyorlash davr talabi bo’lib qolmoqda. 
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, 
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy 
etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-
extiyojlarini yanada to’liqroq qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda 
hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirishda “Axborot 
texnologiyalari”ga oid fanlarini o’qitish katta ahamiyatga egadir. 
Ta’limda axborot texnologiyalari bo’yicha tayyonlangan o‘quv qo‘llanma, 
bo’lajak mutaxassislarda muammolarni mustaqil yecha olish, o’qitishning zamonaviy 
usullaridan foydalana olish, mustaqil o’qitish ko’nikmasini hosil qilish, uslubiy ijodni 
tarbiyalash kabi masalalarga bag’ishlangan. 
Nashrga tavsiya etilayotgan ushbu o‘quv qo‘llanma amaldagi dasturlar asosida 
tayyorlangan bo’lib, 5112500-O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo’nalishida tahsil 
olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. O‘quv qo‘llanma Ta’limda axborot 
texnologiyalari kursi bo’yicha nazariy materiallar, bilimlarni nazorat qilish uchun 
savollar va topshiriqlar majmuasi keltirilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, muallif O.B.Burxiyev tomonidan 
tayyorlangan “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi 5112500-
O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mukammal 
manba sifatida e’tirof etib, chop etishga tavsiya etaman. 

Yüklə 215,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin