Ta'limda innovatsiyalar. Didaktik o'yin texnologiyasi. Reja



Yüklə 172,38 Kb.
səhifə10/13
tarix07.04.2023
ölçüsü172,38 Kb.
#94561
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
TA\'LIMDA INNOVATSIYALAR. DIDAKTIK O\'YIN TEXNOLOGIYASI.

Imitatsion o'yinlar.
Bunday o'yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o'tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin.
Stsenariyda bunday o'yin tuzilmasi to'la yozib chiqiladi va imitasiya qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion (voqeiy) o'yinlar. Bunday o'yinlarda aniq o'ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o'yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.
Rol ijro etish o'yinlari. Unda konkret shaxsning hulqi, hatti-harakati, o'z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o'ynaladi. Bu o'yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo'ljalni to’g’ri baholay olishni o'rgatish, o'zining xulqiga to’g’ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish va ular bilan muloqot o'rnata olishga o'rgatishdir.
Psixodrama va sosiodrama. Bu ham o'ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko'zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o'zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
Tadbirkorlik o'yinlari texnologiyasi.
Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o'z ichiga oladi. U stsenariyni yozib chiqish, vaziyat va ob’ektlarni shartli belgilar asosida tasvirlashdan boshlanadi. Stsenariy mashg’ulotning o’quv maqsadi, o'rganilayotgan muammoning tavsifi, qo’yilgan vazifani asoslash, o'yinning rejasi, vaziyatning mazmuni va qatnashuvchi shaxslarning tavsiftni o'z ichiga oladi.
O'yinga kirishish. Bu bosqichda ish rejimi aniqlanadi, mashg’ulotning bosh maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo’yish va vaziyatni tanlash asoslanadi.
O'tkazish bosqichi. U o'yin jarayonidir. O'yin boshlangach, hech kim unga aralashmaydi va uning borishini o'zgartira olmaydi. O'yinni faqat uni boshqaruvchi tuzatib borishi mumkin.
Tahlil bosqichi. O'yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu bosqichda ekspertlarning fikrlari eshitiladi. O'zaro fikr almashinib bo'lingach, talabalar o'z hatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar.
Shunday qilib, tadbirkorlik va evristik o'yinlar bo'lg’usi mutaxassisning ilmiy-ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va evristik o'yin turlarini farqilaydilar:
1. Mutaxassislar orasida o'z vazifalarini, dasturlar va rollarini ta?sim qilish asosidagi tadbirkorlik va evristik o'yinlar. Bunday mutaxassislar sirasiga quyidagilar kiradi:
kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilarni va ulami ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo'lgan «vazifa tadqiqotchilari»;
ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarningfaolligi sathida shu guruhning o'ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollashtiruvchilar»;
ilmiy muammoning yechimiga yordam beradigan yo'llar va betakror fikrlar taklif qiluvchi «g’oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;
g’oyalarning tugilishiga va ulaming boshqa ijodiy guruh a'zolari tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «rezonator» (tarqatuvchi) , talabalar;
muammoni echishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab chiqish va topish bilan band bo'lgan «nazoratchi» talabalar.
Bunday o'yinlarni muayyan ob’ektda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Rahbarlar va o’qituvchilar oldindan rollarni belgilab qo'yadilar. Masalan, agar o'yin konstruktorlik byurosining tuzilmasini o'zlashtirishga qaratilgan bo'lsa, quyidagilar belgilanadi:
«KB boshligi»;
«Bosh konstruktor»;
«Ixtirochi»;
«Opponent»;
«chizmakash»;
«tekshiruvchi»;
«maslaqatchi»;
«nazoratchi» va b.
Shundan so'ng quyidagilar tuzib chiqiladi:
har birining egallaydigan vazifalari va hatti-harakatlari bahosi bo'yicha yo'riqnoma;
o'yin jarayonining asosiy davriyligi bo'yicha dastur ishlab chiqiladi.
O'yin jarayonida tortishish, musobaqalashish (bahs-munozara yuritish), ruhiyatining bo'lishini ta'minlash zarur.
O'yin o'tkazish chohida «buyurtmachi» rolini bajaruvchi rahbar u yoki bu tadbirlarning bajarilish sifatiga va bu tadbirlarda rol ijro etgan (qatnashgan, ishtirok etgan) talabalarga baho beradi. Shu baholar asosida butun guruhning hamda alohida talabalarning rol ijro etishi bahosi chiqariladi.
Bunday o'yinlarni tashkil etish bo'lg’usi mutaxassis qobiliyatini diagnostika qilishni taqozo qiladi. Shu maqsadda talabalarni rol ijro etishlarini almashtirib turish ham tavsiya etiladi. Chunki har bir talaba u yoki bu rolda o'z imkoniyatlarini sinab ko'ra olsin, ya'ni «oddiy»dan «KB boshlig’i» darajasidagi rollarni ijro etishga imkoniyat berilsin.
2. Ijodiy faoliyatning biror bosqichida muayyan strategiya, taktika va metodlarni qo’llash malakasini shakllantirishga qaratilgan tadbirkorlik va rol o'yinlari.
Masalan, «Ilmiy-tadqiqot ishlarida ma'ruza, munozara» tarzidagi o'yin.
Bu o'yindagi asosiy rollar quyidagicha bo'lishi mumkin:
«Boshlovchilar» - o’qituvchi, ishlab chiqarish mutaxassisi;
«Peshqadamlar» - muhokama qilinadigan muammoning muayyan masalasi bo'yicha vaziyatni tasavvur qila oladigan ma'ruzachilar;
«Bezakchilar» - peshqadamlarning ma'ruzalari va chiqishlarini ko'rgazmali tasawur etishlari va tushuntirishlarini ta'minlovchi o'yin ishtirokchilari.
«Assistentlar» peshqadamlar yordamchilari bo'lib, ular peshqadamlarga va opponentlarga ko'rgazmali chiqishlariga yordam beruvchi o'yin ishtirokchilari.
«Rasmiy opponentlar» - peshqadamlarning maruzasi va boshqa materialar bo'yicha rasmiy tanqidiy ruhda chiqish qiluvchilar;
«Norasmiy opponentlar» - muammo bo'yicha guruh bo'lib yoki mustaqil ilmiy-tadqiqot olib boruvchi barcha boshqa talabalar - o'yin ishtirokchilari;
«Chalg’ituvchilar» - korxona yoki ilmiy muassasada qo’shimcha salbiy hodisa, faktlarni bayon qilish asosida o'yin ishtirokchilarining faolligiga sabab bo'ladigan savollar qo’yishi lozim bo'lgan o'yin ishtirokchilari. Korxona yoki ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o’quv yurti o’qituvchilari, ilmiy xodimlari, aspirant, talabalari bu «vazifa»ni bajarishlari mumkin.
«Registratorlar» - munozaralarni yozib oluvchi o'yin ishtirokchilari;
«Ekspertlar» - ma' ruza muhokamasidagi chiqishlar va yechimning guruh bo'lib qabul qilinishi bo'yicha obektiv baho beruvchi o'yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o’quv yurti o’qituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari murnkin.
Bunday o'yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:
bo'lgusi mutaxassisni axborotlar almashishga o'rgatish;
ularda o'z nuqtai nazarlarini asoslash va himoya qilish, boshqa kishilarning g’oyalariga kirib bora olish, guruh bo'lib yechim qabul qila olish malakasini shakllantirish.
O'yin-munozaralar bo'lg’usi mutaxassisda ilmiy-ishlab chiqarish muammosini bilish va echishga, mustaqil fikrlashga, obektivlikka nisbatan qiziqishni shakllantiradi hamda muammolarni qo’yish, uni muhokama qilish, ularni echishda o'zini tuta bilish ko'nikmalarini hosil qiladi.

Yüklə 172,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin