308
Cho’kindi tog’ jinsi qatlamlarida neft, tabiiy gaz, ko’mir, tuz kabi qazilmalar
tarkib topgan.
RELYEFI.
Materikni relyef tuzilishiga ko’ra ikki qismga: tekislik va tog’li
qismga bo’lish mumkin.
Materikning tog’li qismi uning g’arbiy hududlarini egallagan. Bu yerda
Kordilyera va Qoyali tog’ tizmalari asosiy relyef shakllaridir.
Materikning eng baland nuqtasi – Mak-Kinli cho’qqisi (6194 m) va eng past
nuqtasi – Ajal vodiysi
(- 86 m) ham uning tog’li qismida joylashgan.
Qoyali tog’lar Kordilyera tizimining suvayirg’ich qismi bo’lib, unda Elbert (4399
m), Lange-Pik (4345 m), Gannet-Pik (4202m) va boshqa cho’qqilar bor.
Katta havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado daryosi kesib
o’tadi. Uning chuqurlig 2 km ga yaqin bo’lib, tor dara – Katta Kanyonni hosil
qiladi.
Materikning tog’li qismi Tinch okean “olovli halqasi”ga to’g’ri keladi.
Tekisliklar materikning sharqiy qismini egallaydi.
Materikning shimoliy qismida
qirlar va adirsimon balandliklar
uchraydi.
Bu hududlarda Lavrentiy qirlari, Markaziy tekislik, Missisipi pasttekisligi va
mashhur Buyuk tekisliklar asosiy relyef shakllaridir.
Materikning sharqiy qismida joylashgan Appalachi tog’ining eng baland joyi
Mitchel tog’idir (2037 m). Uning janubi-g’arbiy yonbag’rida dunyodagi eng uzun
(500 km) Flint-Mamont g’ori joylashgan.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
1. “GEOGRAFIK MOZAIKA” o’yini.
Bunda guruhlarga savollar va javoblar
yozilgan tarqatmalar beriladi. 3 daqiqa ichida o’quvchilar javoblar ustini savollar
bilan yopishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: