63
mahalliy maktablar bolalarga zarur dunyoviy bilim va ko‘nikmalarni bermas edi.
Shuning uchun yangi usulda ta’lim beradigan maktablar ochila boshladi. 1893-
yilda Buxoro amiri ruxsati bilan Mo‘minxo‘ja Vobkendiy va g‘ijduvonlik domla
Fozil sa’y-harakati bilan dastlabki “Yangi usul” maktabi ochiladi. Keyinchalik
1898-yili Qo‘qonda Salohiddin domla va Samarqanddagi paxta zavodi huzurida
tatar muallimlari tomonidan ochilgan (o‘zbeklar bu davrda bunday maktablarni
“no‘g‘oy maktab” deb atagan). 1900 yildan boshlab Toshkentda jadidchilik
harakatining yirik namoyondasi Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1937),
1901-yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida Abduqodir Shakuriy (1875-
1943), 1903 yilda Jomboy kentidagi Halvoyi qishlog‘ida Saidahmad Siddiqiy
(1864-1927), Namanganning Shohand qishlog‘ida Is’hoqxon Ibrat (1862-1937)
tomonidan «yangi usul» maktabi ochiladi. Bu maktablarda mahalliy aholidan
yetishib chiqqan jadidlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Unda bolalar sinflarga
bo‘linib, partalarga o‘tqazilib o‘qitilgan, darslarda o‘tilgan mashg‘ulotlar dars
jadvali asosida amalga oshirilgan. «Yangi usul» maktablarida geografiya o‘qitila
boshlanadi. 1905 yilda “yangi usul” maktablari uchun o‘zbek tilida geografiya
darsligi va birinchi geografik karta «Turkiston va unga yondosh mamlakatlar
kartasi» ham nashr etiladi.
Dostları ilə paylaş: