Buyumga qaralganda undan kelayotgan nur ko’zga tushadi va to’r pardada buyumning haqiqiy, kichiklashgan va to’nkarilgan tasviri hosil bo’ladi. Tur pardadagi nur tolalari buyumning shakli va rangi haqida informatsiyani miyaga uzatadi. Shu tariqa odam mazkur buyumning shakli va rangini sezadi.
Yorug’lik nurini sindirib o’tkazishda , ko’z gavhari muhim o’rin tutadi. Yaqindagi buyumlarni ko’rganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining bunday o’zgarishi –akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya ko’zning uzoqni va yaqinni ko’rish qobiliyatini ta’minlaydi.
Ko’rish o’tkirligi normal bo’lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilibjoylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko’rish o’tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi. Ko’rish qobiliyatini saqlash uchun:
me’yorda ko’ruvchi odam ko’zida buyum tasviri to’r pardada hosil bo’ladi.
Yaqindan ko’rarlik
Uzoqdan ko’rarlik
Yaqindan ko’rarlik.
Ayrim odamlar uzoqni yomon ko’radi. Bunday odamlar ko’zida uzoqdagi buyum tasviri to’r pardadan beriroqda hosil bo’ladi va buyumlar chaplashibroq ko’rinadi bunday ko’z yaqindan ko’rarlik deyiladi. Yaqindan ko’rarlik ko’zlarda gavharning fokus masofasi me’yordan kam, ya’ni optik kuchi kattaroq bo’ladi. Ko’rishni yaxshilash uchun botiq linzali ko’zoynakdan foydalaniladi. Ko’zoynakdagi optik kuchi manfiy bo’lgan bunday linza tasvirni to’r parda tomon surib beradi.
Ko’rishni yaxshilash uchun botiq linzali ko’z oynakdan foydalanamiz, ko’zoynakdagi optik kuchi manfiy bo’lgan bunday linzalar tasvirni to’r parda tomon surib beradi.