Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix14.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#74586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizim

Innovatsion ta’lim – bu bo‘lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon 
bo‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv 
qilishdan iborat. Unda ta’lim – tarbiyada yangicha sifat ko‘rsatkichiga erishib, yuqori 
samaradorlikni qo‘lga kiritish amalga oshiriladi va ijodkorlikka yo‘naltiriladi hamda ta’lim 
texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko‘tarish, shuningdek, ta’lim – tarbiyada zamonaviy 
yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta’minlaydi. 
Innovatsion ta’limda zamon bilan hamnafas ta’lim texnologiyalarini yaratish bilan 
shug‘ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi. 
Innovatsion ta’lim o‘ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: 

kadrlar tayyorlash tizimiga ilm – fanning uzviy ravishda kirib borishini ta’minlaydi. 
Bunda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli 
innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo‘li bilan ilm – fanning ta’lim 
amaliyoti bilan integratsiyani ta’minlash chora – tadbirlari ishlab chiqiladi; 

ilg‘or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini joriy etish uchun o‘rta 
umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi va oliy o‘quv yurtlarida eksperimental 
maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy – tadqiqot natijalarini o‘quv – tarbiya jarayoniga o‘z 
vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro‘yobga chiqarishga erishiladi; 

ta’lim jarayonining istiqbolini oldindan ko‘ra bilish, ya’ni ta’lim beruvchining avvalgi va 
hozirgi tajribasi asosida o‘qitish emas, balki ta’lim oluvchini uzoq kelajakni mo‘ljallashga 
(istiqbolli reja tuzishga) o‘rgatishdan iborat bo‘lib, unda ta’lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy 
faoliyatda tashxislash, bashoratlash, modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi 
zarur; 



ta’lim oluvchining hamkorlikda ta’lim olish va optimal qarorlarni qabul qilish (lokal va 
xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global 
muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta’minlash. 
Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta’lim tizimida 
keng qo‘llanilmoqda. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin