- Tayyorlov bosqichi: a) loyiha mavzusini tanlanib, uning dolzarbligi, yechilishi kerak bo’lgan muammo shakllantiriladi.
b) loyiha maqsadi, predmeti, ob’ekti va vazifalari belgilanib olinadi.
v) loyihalashtirish faoliyati turlari va yechilishi lozim bo’lgan topshiriqlar tayyorlanib, ularni yechish usul va vositalari tanlanadi.
g) loyiha mavzusiga doir adabiyotlar va axborot manbalari bilan tanishiladi.
- O’quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi. a) maqsadga erishish ketma-ketligi ishlab chiqiladi.
b) Ish rejasini tuziladi (loyihani ishlab chiqish, rasmiylashtirish, uni taqdimotga tayyorlash, hisobotni tuzish bo’yicha topshiriqlarni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlash, ularni bajarish va tayyor holatga keltirish muddatini belgilanadi).
- Loyihani bajarish bosqichi. a) kerakli ma’lumotlarni to’planib, tizimga keltiriladi va tahlil qilinadi.
b) tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish jarayoni (tayyor holatga keltiriladi).
v) yo’riqnomaga muvofiq loyiha faoliyati to’g’risida hisobot tayyorlanadi.
Bo’lajak tarix fani o’qituvchilari amaliy mashg’ulotda loyihanibajarish rejasini quyidagicha shakllantiradilar.
Loyihani bajarishning ish rejasi
Ishtirok-chilarning F.I.Sh.
Topshiriq
Faoliyat turi
Tayyor mahsul ko’rinishi
Bajarilish muddati
*
Loyiha doirasida qatnashchilarni aniqlash, har bir qatnashchining vazifasini belgilash
Qatnashchilar ro’yxati tuziladi, qatnashchilar imkoniyatlariga qarab loyiha uchun tanlangan faoliyat yo’nalishidagi korxonaning hisob siyosatidagi bandlar o’zaro taqsimlanadi
Loyihani amalga oshirish rejasi shakllanadi
**
Loyiha mavzusi ma’lumotlari bankini shakllantirish
Tanlangan Loyiha mavzusining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi
loyiha pasporti
Loyihani rasmiylashtirish
Loyiha ishi natijalarini to’plash
Loyiha tayyor holga keltiriladi
Loyihalashtirish faoliyati natijalari va loyiha taqdimoti bo’yicha hisobotni tayyorlash
Mavzu dolzarbligi va muammoni asoslab berish, loyihaning maqsad va vazifalarini ko’rsatib berish va boshqalar
Hisobot
MS Power Pointda loyiha taqdimotini tayyorlash
Taqdimotni umumiy rasmiylashtirish va uning mazmunini yana bir bor tekshirish, yangi slaydlarni qo’shish va hokazo