Ta’limning turli bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish



Yüklə 299,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix04.12.2022
ölçüsü299,56 Kb.
#72290
1   2   3   4   5
2060-Article Text-4266-1-10-20211127

1. Pedagogik innovatsiya muxitining ayovsiz bir sharoitda emasligi qonuni. 
Ayovsizlik qonunida pedagogik jarayon va xodisalar toʻgʻrisidagi tasavvurlar 
buziladi, pedagogik ong buziladi, pedagogik yangilik baxolanadi. Misol tariqasida 
“Dunyoning geotsentrik va geliotsentrik sistemalarning qabul qilinishi jarayonidagi 
pedagogik ongning oʻzgarishi va planetalarning terayektoriyalari xaqidagi xaqiqatni 
amalga oshirish uchun ayovsiz qurbonlik berilganligini aytib oʻtish mumkin. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
790


2. Nixoyat amalga oshirish qonuni yangilikning xayotiyligi boʻlib, erta yo kech, 
stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi. 
Yuqorida keltirilgan dunyo sistemasi uchun bir necha asrlar davomida 
xukumronlik qilgan dunyoning geotsentrik sistemasi oʻz oʻrnini ongli ravishda 
geliotsentrik sistemaga boʻshatdi. Natijada markazida quyosh turuvchi geliotsentrik 
sistema qaror topdi. 
3. Komillashtirish qonunida pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga 
tushirish va amaliy harakat tendensiyasiga ega boʻladi. 
4. Pedagogik innovatsiyaning davriyligi va qaytishi qonuni boʻyicha yangilik, 
yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Taʼlim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion 
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashga 
boʻlgan qiziqish, eʼtibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday boʻlishining 
sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda talabalarni faqat tayyor bilimlarni 
egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan 
bilimlarni oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib tahlil qilishlariga, xatto 
xulosalarni oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning 
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan 
bir qatorda boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Taʼlim 
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. 
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, 
ularga quyidagilar kiradi: 
• talabaning dars davomida befarq boʻlmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va 
izlanishga majbur etishi; 
• talabalarni oʻquv jarayonida bilimga boʻlgan qiziqishlarini doimiy ravishda 
boʻlishini taʼminlashi; 
• talabaning bilimga boʻlgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga 
ijodiy yondoshgan xolda kuchaytirishi; 
• pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. 
Pedagogik 
texnologiyalar 

pedagogik 
texnologiyalar 
masalalarining 
muammolarini oʻrganayotgan oʻqituvchilar, ilmiy - tadqiqotchilar, amaliyotchilarning 
fikricha, pedagogik texnologiya - bu faqat axborot texnologiyasi bilan bogʻliq, hamda 
oʻqitish jarayonida qoʻllanishi zarur. 
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - bu oʻqituvchi va talabaning 
belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijada hamkorlikda erishishlari uchun 
tanlangan texnologiyalariga bogʻliq, yaʼni oʻqitish jarayonida, maqsad boʻyicha 
kafolatlangan natijaga erishishda qoʻllaniladigan har bir taʼlim texnologiyasi 
oʻqituvchi va talaba oʻrtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy 
natijaga erisha olsa, oʻquv jarayonida talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay 
olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, oʻzlari xulosa qila olsalar, oʻzlariga, guruxga, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
791


gurux, va ularga baxo bera olsa, oʻqituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun 
imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu, oʻqitish jarayonining asosi hisoblanadi. 
Har bir dars, mavzu oʻquv predmetining oʻziga xos texnologiyasi bor, yaʼni 
oʻquv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon boʻlib, u 
talabaning extiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan 
loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. 
Oʻqituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda koʻra bilish va uni tasavvur 
etish uchun boʻlajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda oʻqituvchiga u 
tomonidan boʻlajak darsni texnologik haritasini har bir mavzu, har bir dars uchun 
oʻqitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talabalarning imkoniyati va 
extiyojidan kelib chiqqan xolda tuziladi. Bunday texnologik haritani tuzish oson 
emas, chunki buning uchun oʻqituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, 
pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor boʻlishi, shuningdek, juda koʻp 
metodlar, usullarini bilish kerak boʻladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli boʻlishi 
avvaldan puxta oʻylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik haritasiga 
bogʻliq. 
Dars prezentatsiya usulida oʻtilishi uchun avvalo beriladigan mavzu asosida 
slaydlar tayyorlanadi. Shu sababli slaydlarni tayyorlashda avvalo mavzuni toʻla 
yoritish, rasmlar va jadvallarni aniq koʻrinadigan qilib (xaddan tashqari uzun 
boʻlmasligi) va eng asosiysi talabalar koʻzlarini toliqmasligini hisobga olish kerak. 
“Nazariy mexanika” va “Mexanizm va mashinalar nazariyasi” fanlari boʻyicha 
mexanizmlarni multimediya koʻrinishida tayyorlash maqsadga muvofiq boʻladi. 
Rasmlarni imkon qadar tarqatma materiallar koʻrinishda berib, asosiy tushunchalarni 
oʻqituvchi tomonidan tushuntirilsa, bu talabalarga ancha yengillik yaratadi. 
Oʻqitish jarayonida talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik 
texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qoʻllanilishi ularni mustaqil, erkin 
fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, masʼuliyatni sezish, ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, 
eng asosiysi, oʻqishga, fanga, pedagogga oʻzi tanlangan kasbiga boʻlgan 
qiziqishlarini kuchaytiradi. 
Bunday natijaga erishish amaliyotda oʻquv jarayonida innovatsion va axborot 
texnologiyalarni qoʻllashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan baʼzilari 
xaqida toʻxtalib oʻtamiz va ularni oʻtkazish tartibi xaqida toʻxtalib oʻtamiz: 

Yüklə 299,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin