№12 77
o‘lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o‘rni
bo‘lmaganmikan?
Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch
keladi va, aminmanki, to‘g‘ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali
inson. Takror aytaman, irodali insondir.
Kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi
bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas.
Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
Yuqoridagi mulohazalardan tabiiy ravishda shunday savol tug`iladi: xo‘sh,
O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining bugun keng ommaga etkazishga arziydigan
haqqoniy tarixi yaratildimi-yo‘qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix
sanamayman. O‘zgalar yozib bergan tarixni o‘qitishga mutlaqo qarshiman.
Mustamlakachi o‘ziga qaram bo‘lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan?
Ular bor kuch-g`ayratlarini Turkistonning o‘tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan
judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo‘lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak.
Inson uchun tarixidan judo bo‘lish - hayotdan judo bo‘lish demakdir.
Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Lekin Rossiyaning xoh
o‘tmishdagi, xoh bugungi ko‘zga ko‘ringan biror bir tarixchisidan so‘rab ko‘ring-chi,
shuni tan olarmikin? Tan olmaydi, bilmaydi, bilishni xohlamaydi ham. Xo`jarlikning
sababi esa bitta: basharti, tan olgudek bo‘lishsa, tarixiy xulosalari chippakka chiqadi,
ilmda soxta yo‘l bilan borganlari fosh bo‘ladi. Eng mo‘‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz
"Avesto"ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr
muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan
ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. "Avesto"
ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat
bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi.
Lekin, yuqorida aytganimdek, biron-bir xorijiy jurnalistning, umuman, o‘arb
adiblarining "Avesto"ni eslashganini bilmayman. Xulosa shuki, olis-olis joylarda
xalqimiz, mamlakatimiz o‘tmishi haqida aytilayotgan mulohazalarning aksariyat
qismi soxta, g`ayriilmiydir.
Men bilganimni aytyapman, shunday xulosa chiqarishga majburman.
Ajablanadigan joyi yana shundaki, tariximiz haqida gap ketganda, biz hamon rus
olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz, iqtibos ko‘chiramiz. "Bartold unday degan,
Gumilev bunday deganѕ" va hokazo. Men rus olimlarining mehnatini kamsitmoqchi
emasman. Lekin qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtai nazari, qarichi bilan
baholaymiz? Shunday ulkan davrda yurtimizda kechgan davlatchilik taraqqiyoti,
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti atroflicha tahlil etilgan tadqiqotlar nega
yaratilmayapti? Arxeologiya, Tarix, Sharqshunoslik va boshqa bir qator
institutlarimiz bor. Mutaxassislar nima bilan mashg`ul, qayoqqa qarashyapti? O‘zbek