№12 75
sahifa o‘rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noxolis fikrlar aytilar yoki
umuman, lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday soxtakorlik, ko‘zbo‘yamachilikni
bugun eng olis qishloqlarda yashayotgan oddiy fuqaro ham, maktab o‘quvchisi ham
yaxshi biladi. Endi, mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo‘layotgan tarixiy haqiqatni
bilishga, o‘zligini anglashga chanqoqlikning tub sabablari mana shunda, deb
o‘ylayman.
Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy
mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot
vositalari ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ`ib qilayotgani, suhbatlar,
muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo‘layotgani diqqatga sazovor.
Yoshlarning Vatan, millat taqdiri uchun o‘zlarini mas’ul sezib, bu bahslarda
daxldorlik tuyg`usi bilan ishtirok etayotgani meni, ayniqsa, quvontiradi.
Millat, mamlakat haqida katta-katta minbarlarga chiqib gapirishning o‘ziga xos
mas’uliyati bor. Muayyan voqea, shaxsga munosabat bildirayotganda, bu faqat bir
kishi yoki muayyan toifadagi kishilarning nuqtai nazari bo‘lishi mumkinligini
unutmaylik. Yomon tomoni shundaki, sub’ektiv fikr yuquvchan bo‘ladi. Chuqur
tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr odamlarni, eng avvalo, tarix
o‘qituvchilarini chalg`itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb o‘quvchilarga
ham etkazishadi. Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin. Bu - birinchidan.
Ikkinchi masala shundan iboratki, biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining
ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak,
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli,
ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab
bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi,
xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‘ladi.
Erkin, demokratik jamiyat quryapmiz. Biz uchun yopiq mavzuning o‘zi yo‘q.
Umumxalq minbari - televideniemiz, radiomiz, matbuotimiz bor. Yaxshi niyatli
kishilarga chegaralarimiz hamisha ochiq. Xorijdan mehmonlar kelishyapti, biz chet
davlatlarga chiqyapmiz. Kunda bo‘lmasa, kun ora xalqaro anjumanlar o‘tib turibdi.
Bizga mana shu anjumanlarda manman degan olimlar bilan xohlang iqtisod, xohlang
siyosat, xohlang tarix, ma’naviyat sohalari bo‘lsin, bemalol bahslasha oladigan
bilimdon, zukko, ma’rifatli odamlar kerak.
Nega men ma’rifat so‘zini ko‘p takrorlab, unga alohida urg`u beryapman?
Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan
yagona kuch -ma’rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir
eslang. Nega bu o‘lkada o‘sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham
kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz
tutgan o‘lkani uyg`otishga, xalqning ko‘zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina