“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№12
74
TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q
Eshmurzayeva Gavhar Elhom qizi
258-maktab o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7437650
Annotatsiya: Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili,
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib
bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi
tug`ilib
voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi.
Ushbu maqolada tariximiz haqida nafaqat o‘quvchi yoshlarimiz balki ]har bir inson
uchun kerakli bo‘lgan fikrlar haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi, taraqqiyot, IT, ta’lim, texnologiya,
tarbiya.
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq,
balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan
olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu
ulamolar,
siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning
asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Eramizgacha va undan keyin
qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini
yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan
yurtimizda dehqonchilik,
hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak
bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat
davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi
toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20
mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix,
adabiyot, san’at, siyosat,
axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo,
astronomiya, me’morchilik,
dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz,
iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi.
SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha
olishi mumkin, deb dadil ayta olaman.
Ota-bobolarimizning
asrlar davomida
to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan
bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki, o‘zingizga ma’lum,
sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag`batlantirilmas edi, hukmron
mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha
yiroq saqlanardi.
Ahvol shu darajaga borgan ediki, o‘z tariximizni o‘zimiz
yozish huquqidan
mahrum bo‘lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o‘qir edik.
"SSSR tarixi" deb atalgan darslikda O‘zbekistonday mamlakatga bor-yo‘g`i 3-4