“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№15
8
XO‘LLOVCHI VA XO‘LLAMAYDIGAN SUYUQLIKLAR. TURMUSHDA
VA TEXNIKADA KAPILLYAR XODISALAR
Abduxalimova Kamola Bakirjon qizi
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani prezident ta’lim muassalari agentligi Bag‘dod
tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7491059
Annotatsiya: xo‘llovchi va xo‘llamaydigan suyuqliklar.
Turmushda va
texnikada kapillyar xodisalar haqida tayyorlangan.
Kalit so‘zlar: xollovchi, suyuqlik, kapillyar xodisalar, arteriyalar.
Ayrim suyuqliklar qattiq jismni xo‘llasa, boshqalari xo‘llamaydi.
Buning
sababini tushunish uchun ular qanday xosalarga ekanligini ko‘rib chiqish lozim.
Suyuqliklar, gazlar singari, ma’lum shaklga ega emas
va qanday idishga quyilgan
bo‘lsa, o‘sha idishning xajmini egallaydi. Biroq gaz suyuqlik kabi aniq bir xajmga
ega emas va u berilgan
istalgan xajmni egallaydi, suyuqlik esa to‘laligicha ma’lum
xususiy xajmga ega va berilgan katta xajmli idishning ma’lum qisminigina egallaydi.
Suyuqliklar sirt qatlamida uning qattiq jism bilan chegarasida murakkab xodisa sodir
bo‘ladi. Bunday xolda suyuqliklar molekulalari qattiq jism molekulalari bilan o‘zaro
ta’sirlari sezilarli bo‘ladi. Kundalik tajribalarda suv tomchisi stolning toza sirtida
yoyilishi, biroq yog‘li stol sirtida yoyilmasligi deyarli
sharcha shaklini olishi
kuzatiladi. Birinchi xolda suv stol sirtini xo‘llaydi, ikkinchi xolda esa xo‘llamaydi
deyiladi. Xo‘llash va xo‘llamaslik xodisalari suyuqlik va qattiq jism orasida o‘zaro
ta’sir kuchining nomoyon bo‘lishiga yaqqol misol bo‘la oladi.
Xo‘llash xolida suyuqlik molekulalarining bir biri bilan o‘zaro ta’sir kuchi qattiq
jism molekulalarining o‘zaro ta’sir kuchidan kichik. Bu kuch ta’sirida suyuqlik qattiq
jism sirti bo‘ylab yoyiladi. Xo‘llamaslik xolida aksincha,
suyuqlik molekulalarining
bir-biriga tortishishi kuchi qattiq jism molekulalarining o‘zaro ta’sir kuchidan katta,
natijada suyuqlik shar shakliga yaqin shaklni oladi.
Xo‘llaydigan suyuqliklarda burchak π/2 dan kichik