Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


tartibga solish funksiyasi



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

tartibga solish funksiyasi
orqali bozor 
iqtisodiyotida ishlab chiqarish va iste’mol, taklif va talab o‘rtasida 
aloqa o‘rnatiladi (amalga oshiriladi). Shunisi xarakterliki, tartibga 
soluvchi baho tartibga solish jarayonining o‘zida vujudga keladi va 
uning o‘zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun 
ham bu yerda muvozanatli, ya’ni o‘z-o‘zidan o‘rnatiluvchi, darajasi 
talab va taklifning tenglashishiga muvofiq keladigan baho 
yordamida tovar-pul jarayonlarini o‘z-o‘zidan tartibga solish funk-
siyasi xususida gapirish aniqroq bo‘lur edi. 
Oila byudjetining o‘zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini 
qayta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o‘zgarganda 
bahoning 
ijtimoiy funksiyasi
vujudga keladi. Buning natijasida 
ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan 
iste’mol qilish hajmlari oshadi yoki kamayadi. Chakana 
baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, 
deb e’tirof etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o‘zida chakana baholar 
bilan birgalikda ulgurji baholar va aholi daromadlari ham o‘zgarsa, 
bu “manzara” ko‘p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining 
turmush darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun 
yanada chuqurroq tahlil o‘tkazish zarur bo‘ladi. 
Bahoning 
rag‘batlantiruvchi funksiyasi
ishlab chiqarishni 
moddiy 
va 
mehnat 
resurslaridan 
samarali 
foydalanish, 
mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yo‘nalishlarida 
rag‘batlantirish orqali namoyon bo‘ladi. Bunday baholar agar ular 
iste’molchi uchun qulay bo‘lsa, iste’molni ham rag‘batlantiradi. 
Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning 


282 
tovarning sifati orqali namoyon bo‘ladigan uning iste’mol 
qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan 
baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, 
degan xulosa kelib chiqadi. 
Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi 
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs 
bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o‘zida ikkinchi resursni oladi, 
buning natijasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib, 
baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo‘lish uchun kishi 
berishi lozim bo‘lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy 
zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli 
ana shundan iborat. Yuqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib 
vujudga keltirilgan baho o‘ziga tegishli bo‘lgan funksiyalarni bozor 
iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar 
birligining hajm, dona va og‘irlik birliklaridagi qiymati pul 
birliklarida o‘lchanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga 
miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki 
o‘lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning 
o‘zida baho pulda ifodalangan turli tovar qiymatlarining 
o‘lchovchisi hamdir. Ko‘rilayotgan ana shu sifatda baho 
umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri 
sanaladi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljal, bashorat-
lashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagilarning 
barchasi bahoning 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin