494
ko‘rsatish ko‘lamining kengayishi va moliyaviy siyosatning
o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan muammolarni maqsadli va
manzilli bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Shunday
vaziyat shakllanganda hukumat
davlat byudjetdan tashqari
jamg‘armasini tashkil etish uchun maxsus qaror qabul qiladi.
Bizda ham yuqorida qayd etilgan vaziyatga o‘xshash holat
vujudga kelishi va mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi munosabati bilan 2004-
2009 moliya yillarini o‘zida qamrab olgan davlatning byudjetdan
tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi tashkil etilgan edi.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasi
har qanday
maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, odatda uning nomida qanday
maqsad uchun tashkil etilayotganligi aks etadi. Masalan, Pensiya
jamg‘armasi,
Respublika
yo‘l
jamg‘armasi,
Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va h.k.
Moliya
tizimining
boshqa
bo‘g‘inlari
kabi
Davlatning
byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishning moddiy
manbalari milliy daromad hisoblanadi. Bunday jamg‘armalarning
aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash
va qayta taqsimlash
jarayonida vujudga keladi.
Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali
Davlatning
byudjetdan
tashqari
jamg‘armalari
daromadini
shakllantirishning asosiy usullari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar;
2. Davlat byudjeti mablag‘lari va zayomlar.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlarini
tashkil etishning asosiy usuli maxsus soliqlar, yig‘imlar va
ajratmalar hisoblanadi. Ushbu manbalalar hisobidan jamg‘armalar
daromadlarining 80-90% va hatto 100%
ham shakllanishi
mumkin.
Davlat
byudjeti
hisobidan
shakllanayotgan
mablag‘lar
amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotatsiya va
subvensiya ko‘rinishida (davlat byudjetidan transfertlar shaklida)
beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga turli muddat va
qiymatda (foizli, foizsiz) bo‘lgan zayomlar ham jalb qilinishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: