498
Buning oldini olish maqsadida 2002-yildan boshlab umumdavlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida
bo‘lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki,
ularning muxtoriyatliligi to‘liq saqlanib qolindi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir
qator Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mavjud.
Ularning asosiylari quyidagilar:
1. O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
huzuridagi
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko‘maklashish
jamg‘armasi;
3. O‘zbekiston
Respublikasi
Bandlik
va
mehnat
munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat
jamg‘armasi;
4. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi;
5. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg‘armasi;
6. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat Qo‘mitasi
ixtiyoridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-
yil 1- yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil
yo‘llari davlat Qumitasi ixtiyoriga o‘tkazildi va uning asosiy
funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish
va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
funksiyasiga o‘tkazildi);
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma
2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi).
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi
(ushbu jamg‘arma 2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi).
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot
qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi
va boshqalar.
Mablag‘lari soliqlar, majburiy to‘lovlar va jarimalar, shuningdek
byudjet transfertlaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli
jamg‘armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil
511
Dostları ilə paylaş: