K Kafolat fondi – davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga
oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlaridan kelib chiquvchi
to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit
yaratish maqsadida respublika byudjeti tarkibida tuziladigan fond.
Korxonalarning davlat reestri –
soliq
to‘lovchilarni
soliq
inspektsiyasida hisobga olish uchun qo‘llaniladi va xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi.
Ko‘chmas mulk - er bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan er maydonlari,
alohidalashtirilgan suv obyektlari, o‘rmonlar, ko‘p yillik o‘simliklar, binolar,
inshootlardan
iborat.
Ularning
ko‘chirilishi
shu
narsalarning
mo‘ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko‘chmas mulkning tarkibiga davlat
qaydidan o‘tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlar ham kiradi.
Ko‘chmas mulkning asosiy belgisi sifatida er hisobga olinadi. Qonun
bo‘yicha ko‘chmas mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona
yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin.
Korxona mulki – asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab
chiqarish zaxiralarining yig‘indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar,
tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot
tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish
xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo‘natilgan
mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi.
Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning
qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi.
Kvota – 1) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma
ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish hissasi; 2)
xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy tashkilotning ustav fondi yoki
kapitalida mamlakatning badali; 3) soliqqa tortish birligidan olinadigan
soliqning stavkasi (absolyut ifodada yoki hissa ko‘rinishida); 4) nimaningdir
qismi, hissasi, normasi (me’yori), miqdoriy cheklanishlar.