Tanishuv amaliyoti


-jadval “Daytona” MCHJning 2017-2019 yillardagi chakana tovar oboroti



Yüklə 103,23 Kb.
səhifə2/2
tarix16.10.2023
ölçüsü103,23 Kb.
#156232
1   2
Абдуллаев Н. ММ 93 (4)

1-jadval
Daytona” MCHJning 2017-2019 yillardagi chakana tovar oboroti



Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2018 yil

2019 yil

2020 yil

1.

Oziq – ovqat mahsulotlari sotilishi

ming so‘m

86745,0

92655,2

98731,7

2.

Nooziq-ovqat tovarlari sotilishi

ming so‘m

2387,3

5623,4

8647,9

3.

Umumiy chakana tovar aylanmasi

mln. so‘m

891,3

982,8

1073,8

Korxonaning 90 foizdan ortiq chakana tovar aylanmasida oziq-ovqat tovarlari egalamoqda. Korxonaning chakana tovar oboroti 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 109,5 foizga o‘sgan. Yoki 2018-2020 yillar davomida o‘rtacha 982,7 mln so‘mlik chakana tovar oborotga erishilgan. Sotilayotgan tovarlarning asosiy qismini tashkil etayotgan oziq-ovqat mahsulotlari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Daytona” MCHJning 2018-2020 yillardagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotish haqidagi ma’lumot



Oziq-ovqat mahsulotlari

O‘lchov birligi

2018 yil

2019 yil

2020 yil

1.

Non va non mahsulotlari

ming so‘m

12387,4

14682,1

16497,3

2.

Makaron mahsulotlari

ming so‘m

4387,6

7624,3

10203,5

3.

Go‘sht va kolbasa mahsulotlari

ming so‘m

16348,2

17863,7

18164,8

4.

Qayta ishlangan va achitilgan sut mahsulotlari

ming so‘m

389,2

863,4

1005,4

5.

Muzqaymoq va yaxna ichimliklar

ming so‘m

6892,1

10204,1

10043,6

6.

Karamel va konfet mahsulotlari

ming so‘m

10657,3

11826,0

9183,2

7.

Boshqa mahsulotlar

ming so‘m

35683,2

29591,6

33633,9




Jami

ming so‘m

86745,0

92655,2

98731,7

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Daytona” MCHJsining chakana tovar aylanmasida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan non va non mahsulotlari 16497,3 ming so‘m (2020 yil), makaron mahsulotlari 10203,5 ming so‘m (2020 yil), go‘sht va kolbasa mahsulotlari 18164,8 ming so‘m (2020 yil), qayta ishlangan va achitilgan sut mahsulotlari 1005,4 ming so‘m (2020 yil), karamel va konfet mahsulotlari 9183,2 ming so‘m (2020 yil) tashkil etmoqda.
Korxona chakana savdodan tashqari asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri maishiy xizmat va servis xizmatlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Korxona tomonidan bugungi kunda aholiga quyidagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda:

  • kiyim bichish va tikish xizmatlari;

  • telefon, elektron tovarlarni ta’mirlash xizmatlari;

  • PayNet xizmatlari;

  • Transport xizmatlari va boshqalar.

3- jadval
Daytona” MCHJning 2018-2020 yillardagi aholiga maishiy pullik xizmatlar ko‘rsatish holati



Xizmat turlari

O‘lchov birligi

2018 yil

2019 yil

2020 yil

1.

Transport xizmatlari

ming so‘m

63491,3

66237,2

67436,1

2.

Kiyim tikish

ming so‘m

4678,1

4428,2

45213,7

3.

Telefon, elektron tovarlarni ta’mirlash xizmatlari

ming so‘m

623,4

649,1

964,2

4.

PayNet xizmatlari

ming so‘m

6482,4

6528,4

6829,1




Jami

ming so‘m

75275,2

77842.9

120443.1

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxona aholiga servis xizmat ko‘rsatishni ham tashkil etib kelmoqda. Xususan, 2020-yilda transport xizmatlari 67436,1 ming so‘m, kiyim tikish xizmatlari 45213,7 ming so‘m, telefon, elektron tovarlarni ta’mirlash xizmatlari 964,2 ming so‘m, PayNet xizmatlari 6829,1 ming so’mni tashkil etgan.



  1. Daytona” MCHJning xodimlari tarkibi, soni

Boshqaruv a’zolarining aniq huquqlari va majburiyatlari ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasida kelishib olinadi.
Boshqaruv ishini oqilona tashkil etish ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Mehnatning ilmiy asoslangan me’yorlari boshqaruv apparatidagi har bir xodim ishini xolisona baholash, moddiy rag’batlantirishdan samarali foydalanish imkonini beradi. Biroq, boshqaruv sohasi, hatto, bitta boshqaruv funksiyasi doirasida o’z ichiga o’ta xilma-xil ish turlarini oladi. Bizning amaliyotimiz subyekti bo’lgan “Daytona” MCHJ xizmat ko’rsatish korxonasida jami 26 kishi ishlaydi.
Korxonani to’g’ri boshqarishning eng muhum yo’llaridan biri bu ma’lum bir tarzda e’tibor qaratilgan kadrlar siyosati tashkil etishidir. Korxonani kadrlar siyosatini shakllantirishda quyidagi jihatlar inobatga olingan:
-Kadrlar siyosatining umumiy tamoyillarini ishlab chiqish, maqsadlar ustuvorligini aniqlash;
-Tashkiliy-shtat siyosati-mehnat resurslariga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish, shtat va tuzilmalarni shakllantirish, tayinlash, zaxirani yaratish;
-Informatsion siyosat - kadrlar informatsiyasi harakati tizimini yaratish va qo ’llab-quvvatlash;
-Moliyaviy siyosat-mablag’larni taqsimlash tamoyillarini ifodalash, samarali mehnatni rag’batlantirish tizimini ta’minlash;
-Personal rivojlanishi siyosati - rivojlanish dasturini ta’minlash, xodimlarning kasbga yo’nalganligi va moslashuvi, individual ko’tarilishni rejalashtirish, kadrlarni shakllantirish, kasbiy tayyorgarlik va malakani oshirish;
-Faoliyat natijalarini baholash-kadrlar siyosati va tashkilot strategiyasining mosligi tahlili, kadrlar ishidagi muammolarni aniqlash, kadrlar salohiyatini (baholash markazi va faoliyat samaradorligini baholashning boshqa usullari) baholash. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar lavozimlarining malaka ma’lumotnomasi tarmoq tasniflagichi asosida mehnat shartnomalarini, shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga o’zgartirishlarni kiritishda, mehnat munosabatlari bo’yicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va kasblarni xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda xizmatchilar lavozimlarining nomlarini standartlashtirish va birxillashtirish uchun qo’shma korxonaning buyrug’i imzolanib, qo’shma korxona rahbarlar, mutaxassislari va boshqa xizmatchilarning lavozim majburiyatlari va ularga qo’yiladigan malaka talablari mazkur tasniflagich talablariga muvofiq amalga oshirilib kelinmoqda, shuningdek, xodimlarining mansab yo’riqnomalari, boshqatdan ko’rib chiqilib, yuqoridagi yangi tasniflagich asosida qayta tasdiqlandi.Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo’nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo’lgan talab-ehtiyojni shaklllantiradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarishning talab- ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo’nalishlari bo’yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish amaliyotini o’tish uchun ta’lim oluvchilarni ish joylari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, qo’shma korxonada yangi mahsulotlar turlarini ko’paytirish maqsadida o’quv kurslari, treninglarga ishtirok etish va malaka oshirish, hamda bu maqsadlarga bosqichma-boqich mablag’lar ajratish ko’zda tutilgan. Bundan tashqari Boshqaruv va texnik personallarni chet ellik hamkorlar bilan to’g’ridan- to’g’ri tarjimonsiz muloqotlarini yaxshilash maqsadida qo’shma korxonaning o’zida vaqti-vaqti bilan til o’rganish kurslari tashkil etilib kelinadi. Shuningdek, yetuk kadrlar tayyorlash borasida ta’lim muassasalariga ko’maklashish maqsadida, sohaga oid oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini amaliyot va ilmiy ish olib borishlariga shart-sharoitlar yaratib berilgan. Qo’shma korxonaning qobiliyatli xodimlarini rag’batlantirish, shu bilan birga kelgusida ularga ishonch bildirish nazardan chetda qolmaydi. Xodimlar maxsus kiyimlar bilan ta’minlangan, bepul kelib-ketishlari uchun qo’shma korxona tomonidan avtomashinalar va avtobus ajratilgan hamda qulay, zamonaviy barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu maqsadda faqat oldinga qarab intilish, oldimizga qo’yilgan ezgu maqsadlar kabi olg’a qadam tashlash biz yoshlar uchun ham qarz ham farzdir. Shuni yana alohida ta’kidlab o’tish joizki kadrlarni tanlashda bir qancha jihatlarga e’tibor berish kerak: Kadrlar tanlashda umumiy mezon: ma’lumot, amaliy ish tajribasi: ruhiytayyorgarlik, jamoada ishlash qobiliyati.
Ma’lumotli xodimlarni yollash uchun universitet va institutlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, bozor vositachilaridan ham foydalaniladi.
Keyingi daraja ishga jalb qilish yakunlangandan so’ng, ish taklif qilinadiganlarni tanlab olishdir. Tanlash — ikki tomonli jarayon, bir tomondan korxona nomzodga ish berishni yoki bermaslikni hal qilsa, ikkinchi tomondan nomzod agar ish taqdim qilinsa, taklifni qabul qilish kerakmi yoki kerak emasligini hal qiladi. Shunday qilib, tanlash jarayoni olti bosqichdan iborat bo’ladi.

  1. Shaklni to’ldirish.

  2. Intervyu — ko’pincha test bilan yakunlanadi.

  3. Tavsiya xati.

  4. Chuqurlashgan suhbat.

  5. Imtihon.

  6. Ish taklif qilish.

Agar nomzod tanlov jarayonida barcha sinovlardan o’tsa, agar ish haqi yoki maosh yetarli va kontrakt tuzish qiziqarli va real bo’lib, ikki tomonni qoniqtirsa, yangi xodim bu korxonada ishlashdan mamnun bo’lishi mumkin. Ish haqi maosh yoki to’lov — bu korxonani ishga qabul qilingan xodimga to’lashi zarur bo’lgan bahodir. Kishilarni mehnat qilish xohishiga ta’sir qiluvchi omillar taklif tomonida bo’ladi. Taklif korxona to’lashi mumkin bo’lgan past darajani aks ettiradi. Talab tomonidan esa korxonani to’lash qobiliyatiga ta’sir etuvchi barcha omillar bo’ladi. Talab korxona uchun yuqori darajada ishga qabul qilingan xodimga to’lashi mumkin bo’lgan qiymatdir.
Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo’zg’atishdir. nson omiliga e’tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas’uliyat bilan yondoshish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g’oyasidir.


Xodimlarni rejalashtirish - bu inson omiliga bo’lgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat (9-jadval). Mavjud xodimlarni baholashda, eng avvalo ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni qaratmoq lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat ko’p jihatdan quyidagilarga bog’liq:
-aholi soni, yoshi, jinsi salmog’idagi o’zgarishlar; tarmoq va hududiy bandlikdagi o’zgarishlarga qo’shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga; ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o’sish sur’atiga; mehnat resusrlarini boshqarish usuliga;
-Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq zarur: doimiy band bo’lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan vaqti va xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlar, salmog’i, ishchi va xizmatchilar, ITX.), xodimlar qo’nimsizligi ish kunining davomliligi (to’liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi smenada ishlashi, ta’tilning davomliligi.)
-ish haqi, uning tarkibi, qo’shimcha ish haqi, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori
to’lov;
-davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag’)lar.
Qayd qilingan tashqi va ichki omillarning ta’sirida mehnat bozoridagi vaziyat o’zgarib turadi va shunga mos ravishda mehnat resurslariga bo’lgan talab va taklif ko’lami aniqlanadi.Mehnat resurslariga bo’lgan talabni rejalashtirish xodimlarni rejalashtirish jarayonining boshlang’ich bosqichi bo’lib, uni tuzishda quyidagi ma’lumotlar asos vazifasini bajaradi: mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi shtatlar ro’yxati va bo’sh lavozimlarni to’ldirish rejasi.


  1. Daytona” MCHJning ish faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish

Iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buxgalteriya hisobining xalqaro tizimlariga o‘tilmoqda, bu uning uslubiyatining yangi shakllarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta o‘zgarishlarga ega bo‘ladi. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining obyektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini ågallash, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag‘lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchini «moliyaviy menejer», «hisobchi-tahlilchi» deb atash ham mumkin.
Yangi usullarni ågallashni axborot tizimini takomillashtirmay va zamonaviy kompyutersiz tasavvur åtish mumkin åmas. Har qanday iqtisodiy obyektni boshqarish faoliyatining asosini murakkab qurilishga åga bo‘lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyati turi va korxona, tashkilot, firmaning ko‘lamiga bog‘liq.
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqarishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol o‘ynaydi, bu yerda barcha axborotlarning 60%ga yaqini jamlangan.
Har bir faoliyat tizim boshqaruvning belgilangan vazifalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan vazifalar va axborotlar majmuasining o‘z tarkibiga åga. Masalan, moddiy texnik ta’minotning vazifaviy tizimchasida materiallarga åhtiyojni hisoblash, yetkazib beruvchilar bilan sifatnomalarni bajarilishi, zaxiralar me’yorlarini aniqlash bo‘yicha vazifalar majmuasini ajratish mumkin.
Kompyuter bazasida AIJning tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o‘rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang‘ich hujjatlarni avtomatik tarzda bajarishning imkoniyatlari yo‘lga qo‘yildi.
Strategik rejalashtirish xodimlarning ishlari sifati va turmushi farovonligi yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarishdagi turli texnik omillarni va tashkiliy boshqaruv tizimini bosqichma –bosqich takomillashtirish orqali iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishishga qaratilgan.
“Daytona” MCHJ o’zining buxgalteriya hisobi uchun 1C dasturidan foydalanadi. 1C dasturi foydaliligi jihati shundaki, agarda 1C dasturi korxonada ishlatilmasa, buxgalter hisob kitoblar uchun tasavvur qilib bo’lmas darajada qiynaladi. Sababi shundaki, 1C dasturi orqali qabul qilingga tovar summasi excel dasturiga o’xshab formula kiritilmasa ham o’zi avtomatik hisob-kitob ishlarini olib boradi.
Bundan tashqari 1C dasturi buxgalteriya provodkalarini ham hatosiz beradi. Yana shuni qo’shicha qilish mumkinmi, 1C da online soliq stavkalari va valyuta kurslari ko’rsatb boriladi.
Excel dasturi haqida ham aytib o’tish joiz. Bu dastur orqali korxona juda ko’plab ishlarni olib borish mumkin. Hodimlar bo’limida va boshqa bo’limlarda excel funksiyalaridan unumli foydalaniladi.
Xulosa
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq etishda, aholinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko’tarishda, qolaversa xalqning farovon hayoti uchun bevosita o’z ta’sirini ma’lum bir ma’noda o’tkazishda, siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi omil sifatida hayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona
-tashkilotlarning o’rni bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu omillarning rivojlantirishda va hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirib, sog’lom raqobat muhitida o’z mavqega ega bo’lishda, davr talabiga monand ilmiy tixnik va ma’naviy yangiliklarning o’z vaqtida amaliyotda tadbiq qila oladigan kadrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator me’yoriy qonun hujjatlari qabul qilingan. Shulardan, “Mehnat kodeksi”, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonunlari, “Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Prezident Farmoni kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Amaliyot davomida “ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rgandik. Korxona hozirgi kunda tumanda yetakchi xizmat ko’rsatish firmalaridan biri sifatida hisoblanib kelinmoqda. Korxonada kichik va yirik inshoatlar kurishga e’tibor katta bo‘lib, korxonada xizmat ko’rsatish mahsulotlaridan foydalanishda kam isrofgarchilikka yanada ko‘p e’tibor alohida qaralmoqda.
Tarixda va hozir ham mahsulot va xizmat ko’rsatish ishlarini mamlakat uchun yetakchi tarmoqlardan biri sifatida qarash mavjud. Haqiqatda ham xizmat ko’rsatishning ijtimoiy munosabatlarda va aholi ehtiyojlarini qondirishdagi rivojlanishida o‘rni beqiyos.
Davlat tomonidan xizmat ko’rsatish sohasini tartibga solish, davlatni jamiyat xo‘jalik faoliyatiga, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy ahvolni yaxshilash maqsadida, iqtisodiy-ijtimoiy siyosati orqali, huquqiy, ma’muriy, iqtisodiy dastaklar va usullar bilan o‘z ta’sirini o‘tkazishini tushunish lozim.
Korxonada xizmat ko’rsatish sohasini takomillashtirish va ularni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb bilamiz:
- aholiga arzon va sifatli mahsulotlar sotish va yetkazib berishni iqtisodiy va huquqiy foydalanish imkoniyatini yaratish;
- ishlab chiqarish, savdo va boshqa xizmatlar sohalarida integratsiyalanish, kooperatsiyalanish jarayonini rivojlantirish mexanizmlarini yaratish;
- savdo sohasini davlat tomonidan tartibga solishni samarali mexanizmini yaratish;
- iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi xizmat ko’rsatish tashkilotlari faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish;
- savdo sohasida raqobat muhitini ommaviy shakllanishini ta’minlash.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3755-sonli qarori “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2. SH.M. Mirziyiyevning 2019-yil 11-sentabrdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi
nutqi.
3. Sh.M. Mirziyoyev. 2020-yil 03-apreldagi koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi nutqi. http://www.sgcc.uz/uz/news
4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017.
5. O’zbekiston respublikasi prezidentining oliy majlisga murojaatnomasi-2021 y
6.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishningasosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi
7. X.A. MUXITDINOV, A.A. SOBIROV Boshqaruv nazariyasi darslik- `lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012
8. Bazarova F.T Menejment o`quv qo`llanma Toshkent Iqtisod-moliya 2019
9. https://president.uz/uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ramiy veb sayti (Prezident matbuot xizmati).
10. https:/lex.uz/ - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.

1 O’zbekiston respublikasi prezidentining oliy majlisga murojaatnomasi-2021 y

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishningasosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi

3 https://lex.uz/docs/-2045196?ONDATE=10.12.2018


Yüklə 103,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin