Taom va ichimliklar kartalarini tashkil etish ishlari


Turistlarning ovqatlanishini tashlkil qilishda brigada



Yüklə 5,88 Mb.
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü5,88 Mb.
#179284
1   2   3   4   5   6
мавзу 6 ресторан иши

Turistlarning ovqatlanishini tashlkil qilishda brigada - zveno usuli bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tavsiya etiladi, bunda nonushta 30 daqiqadan, tushlik bir soatdan oshmasligi kerak. 4 nafar ofitsiantdan iborat har bir zveno 40 - 60 nafar turistlarga xizmat ko‘rsatadi. Nonushta, tushlik, kechki taom berishda turistlar kelishiga 10 - 15 daqiqa qolganda ofitsiantlar stolni bezatishi va kerakli anjomlarni qo‘yishi lozim. Turistlar kelib o‘tirgach, taomnomada ko‘rsatilgan taomlar ketma - ketlikda beriladi.
Sublimatsiya qilingan
Xorijiy turistlar uchun tuziladigan taomnomaning o‘ziga xos xususiyatlari.
Chexlar va slovaklar.
Cho‘chqa go‘shti va undan tayyorlangan kolbasa, sosiska, vetchina keng qo‘llaniladi. Ikkinchi taomga pishirilgan baliq, go‘sht va qiymalangan
go‘sht.
Polyaklar.
Ularning taomlari ko‘p jihatdan rus va ukrainlarnikiga o‘xshab ketadi. Ammo har xil mayonez va qaymoq qo‘shilgan gazaklar, pomidor va bodring gazaklari, ko‘katlar, qo‘ziqorin sho‘rvasi, baliq uvildirig‘i, qaylali baliqlar, chuchvara, go‘shtli ikkinchi taomlar, qo‘ymoq, sutli taom va asalni juda yaxshi ko‘radilar.
Vengerlar.
Baliq uvildirig‘i, kilka, qo‘y go‘shtidan tayyorlangan taomlar, kesilgan go‘sht, grechka bo‘tqasi va boshqalar
Ruminlar
Olovda pishirilgan go‘shtni, turli ko‘rinishdagi sabzavotlarni juda yaxshi ko‘radilar.
Nemislar.
Turli - tuman buterbrodlar, cho‘chqa, buzoq, mol, parranda va baliq go‘shtidan tayyorlangan taomlar, sabzavot mahsulotlari keng iste’mol qilinadi. Qatiq mahsulotlari, tuxumdan tayyorlangan taomlar, kolbasa va sirlarni yaxshi ko‘radilar.
Koreyslar.
Mineral suvlar, kefir, qahva, kakao, qaymoq, pishloq, suyuq taomlar, garnirli kartoshka, pishloq qo‘shilgan taomlar.
Koreyslar taomining xususiyati shundan iboratki, ular go‘shtga qaraganda guruch, dukkakli mahsulotlar va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qiladilar.
Shvedlar, daniyaliklar, norvegiyaliklar.
Nonushtaga muzday sut, kefir, sariyog‘, qiyom, qahva, issiq bulochkani xush ko‘radilar. Baliq mahsulotlari, ukraina borshi, qaymoqli qo‘ymoq, grechka bo‘tqasini sevib iste’mol qiladilar.

Yüklə 5,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin