Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham „Shartnoma“ termini bilan ataladi. „Shartnoma“ soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Shartnoma tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, Shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385moddalar). Xalqaro huquqdagi Shartnoma tushunchasi toʻgʻrisida xalqaro shartnoma, mehnat huquqidagi Shartnoma tushunchasi toʻgʻrisida mehnat shartnomasi, tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy Shartnoma haqida xoʻjalik shartnomasi maqolalariga qarang.
Xulosa qilib aytganda bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o`zgartirish yoki to`xtatishni nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o`rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan korxona, fuqarolar o`rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin. Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham „Shartnoma“ termini bilan ataladi. „Shartnoma“ soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Shartnoma tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, Shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385moddalar). Xalqaro huquqdagi Shartnoma tushunchasi toʻgʻrisida xalqaro shartnoma, mehnat huquqidagi Shartnoma tushunchasi toʻgʻrisida mehnat shartnomasi, tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy Shartnoma haqida xoʻjalik shartnomasi maqolalariga qarang.