Taqdimot mavzu: Moliya tizimining sohalari va bog’inlari



Yüklə 18,68 Kb.
səhifə5/6
tarix02.12.2023
ölçüsü18,68 Kb.
#171320
1   2   3   4   5   6
TAQDIMOT

Bir vaqtning o’zida mamlakatning xo’jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo’lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo’naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo’lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o’sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilot-larining yuqori sur’atlarda tez o’sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayon-larining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtiso-diyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog’liq.

  • Bir vaqtning o’zida mamlakatning xo’jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo’lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo’naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo’lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o’sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilot-larining yuqori sur’atlarda tez o’sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayon-larining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtiso-diyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog’liq.
  • Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo’lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko’rsatish va shunga o’xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi.
  • Notijorat tashkilotlarning oldiga qo’yilgan maqsadlar xilma-xil bo’lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo’lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o’z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi.

Yüklə 18,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin