Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.
Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.
Multimediali taqdimot- bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak.